Milliy gvardiya boʻlinmalarining jangovar salohiyati, shaxsiy tarkibning jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
Boʻlinmalarning jangovar salohiyati, gvardiyachilarning jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligini mustahkamlashga Milliy gvardiya qoʻmondoni general-mayor R.Djurayev tomonidan alohida eʼtibor qaratilib, taktik-oʻquv mashgʻulotlari davomida maxsus boʻlinmalarning hamkorlikdagi harakatlari zamon talablariga mos ravishda takomillashtirilib borilmoqda.
Unda Milliy gvardiya boʻlinmalarining oʻziga xos vazifalaridan kelib chiqqan holda gvardiyachilarning jangovar va maxsus tayyorgarligi, xususan shahar sharoitidagi nostandart vaziyatlarda, shuningdek mudofaa yoʻnalishi va togʻ-tayyorgarlik boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni haqiqiy holatga yaqinlashtirilgan sharoitlarda olib borilib, boshqaruv tizimining zamonaviy usullarini yanada kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, qoʻmondon tomonidan navbatdagi manzilli oʻrganish ishlari Toshkent shahridagi batalonlarning birida olib borilib, unda har qanday xavf xatarlarni oldini olish va bartaraf etish borasida shaxsiy tarkibning doimiy jangovar shayligini yuqori darajaga olib chiqishda, jahon tajribalari tahliliy oʻrganilgan holda takomillashtirib borilishiga doir aniq vazifalar belgilab berildi.