Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya maxsus bo‘linmalari bilan tog‘li hududlarda taktik-o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida “Men ham harbiy bo‘laman” deb nomlangan kitob taqdimoti o‘tkazildi / / Milliy gvardiya tizimlarida xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchi ayollar ham “Xon atlas” festivalida faol qatnashib, milliy meros darajasidagi liboslarimiz targ‘ibotiga o‘z hissasini qo‘shmoqda  / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi tinglovchilarining navbatdagi bitiruv hamda qasamyod qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi / / Respublikamiz bo‘ylab barcha maktablarda "Mustaqillik darslari" bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizlik universitetida birinchi bosqich kursantlarining Vatanga qasamyodiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi // Prezident Shavkat Mirziyoyevning Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaati  / / Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab bugun ertalabdan barcha umumtaʼlim maktablarida tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy gvardiya va boshqa sohaviy xizmat xodimlari tomonidan maktablar va ularning atrofida xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar tashkillashtirildi / /Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari uchun madaniy-maʼrifiy ko‘ngilochar tadbir tashkil etildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Farg‘onadagi ekoshahar – “Yangi O‘zbekiston” massividagi 7 qavatli yangi uylardan bir guruh harbiy xizmatchilarga xonadonlar kalitlari topshirildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi / /  1991-yil 31-avgust - O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik kuni / / O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun tashkillashtirilgan bayramona tadbirda davlat mukofotlari hamda idoraviy mukofotlar o‘z egalariga topshirildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda  mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirdi / / Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!” shiori ostidagi tadbirlar Milliy gvardiya bo‘linmalarida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda // O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Jamoat xavfsizligi universitetini borib ko‘rdi / / Milliy gvardiya maʼnaviyat va maʼrifat markazida Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi / / Namanganda harbiy xizmatchi va xodimlar yugurish marafonida qatnashishdi / / Milliy gvardiya Harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning oila aʼzolarini  ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlar davom etmoqda  //  Milliy gvardiyasi bo‘linmalarida “Eng ilg‘or feldsher” ko‘rik tanlovining yakuniy  //  Respublikamiz bo‘ylab «Mahalla obod — yurt obod» shiori ostida o‘tkazilayotgan hasharda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning oila aʼzolari faol ishtirok etmoqda. // Xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchi va xodimlar xotirlandi / / Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazida navbatdagi bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish tadbiri boʻlib oʻtdi / / Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan muddatli harbiy xizmatchilar oʻrtasida “Eng ulugʻ, eng aziz” mavzusida insholar tanlovi hamda harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlari oʻrtasida “Ona diyor – ranglar jilosida” mavzusida eng yaxshi tasviriy sanʼat asari tanlovlari oʻtkazildi / / Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻquvchi yoshlar ishtirokida "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi / / Milliy gvardiya shaxsiy tarkibining odob-axloq qoidalariga rioya qilishi masalalari ayol harbiy xizmatchi va ishchi xizmatchilar ishtirokida muhokama qilindi // Milliy gvardiya Toshkent shahri boyicha boshqarmasida o‘tkazilgan ochiq eshiklar kuni yoshlarda unutilmas taassurotlar qoldirdi // Jizzax viloyatida Milliy gvardiya inspektor-psixologlari va FVV xodimlari hamkorligida suv havzalari mavjud hududlar ko‘zdan kechirilib, mahallalar bo‘ylab o‘quvchi yoshlar bilan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. // Chirchiq dala o‘quv poligonida Milliy gvardiya yosh harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Mohir o‘qchi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi // Milliy gvardiya yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida oromgohlarda bolalar uchun tadbirlar tashkil etishda davom etmoqda

Ўз O'z Ру En

O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi prezidentining minnatdorchilik nomasi

Xurmatli Rustam Mirzayevich, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi"Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Farmoni ijrosini taʼminlash hamda yurtimizda kikboksing sport turini ommalashtirishda Milliy gvardiya yordamida 2022 yil davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi Milliy gvardiyaning bevosita ko‘magida yil davomida yurtimizning turli viloyatlarida 5 ta mahalliy chempionat va kubok musobaqalari, iyun-iyul oylarida esa poytaxtimizda "Uzbekistan Open II‘ xalqaro turnirini yuqori saviyada tashkil etildi.

Turkiyaning Konya shahrida 2022 yil 9-18 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan V-Islom birdamligi o‘yinlarida yurtimizning 29 nafar kikboksing ustalari 21 ta medalga (2 ta oltin, 7 ta kumush, 12 ta bronza) ega chiqishdi.

Italiyaning Jesolo Lido (Venetsiya) shahrida 2022 yil sentyabr-oktyabr oylarida tashkillashtirilgan yoshlar o‘rtasida Jahon chempionatida 43 nafar kikboksingchilar 26 ta medalni (4 ta oltin, 7 ta kumush, 15 ta bronza) qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, Taylandning Bankok shahrida 2022 yil 10-18 dekabr kunlari o‘tkazilgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 22 nafar sportchimiz 24 ta medalga (10 ta oltin, 9 ta kumush, 5 ta bronza) sazovor bo‘ldi.

Bundan tashqari, 2022 yilda Hindiston, Qirg‘iziston, Turkiya davlatida bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqalarda yurtimiz bayrog‘i bir necha bor balandlarga ko‘tarildi.

Alohida taʼkidlash joizki, 2021 yilda kikboksing bilan shug‘ullanayotganlar soni 21100 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda bu raqamlar 24820 tani tashkil etib, shug‘ullanuvchilar soni 2021 yildagidan 3720 nafarga ko‘paydi.

Yuqorida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar WAKO xalqaro kikboksing tashkiloti prezidenti R.Bekker tomonidan ham yuksak darajada eʼtirof etilib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov nomiga 2022 yil 17 dekabrda minnatdorlik xati yuborildi.

Aytish joizki, mazkur natijalarga Milliy gvardiyaning tashkiliy ishlardagi yordamisiz erishib bo‘lmasdi va buning uchun Assotsiatsiyamiz nomidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga cheksiz hurmatimizni izhor etamiz.

O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi joriy yilda ham Milliy gvardiya bilan hamkorlikda sport rivoji uchun ishlab yuksak natijalarni ko‘rsatish

va mamlakatimiz bayrog‘ini jahon arenalarida g‘oliblar qatorida o‘rin tutishiga erishishga umid bildiradi.

Hurmat bilan,                                                                                                                                                                                                                                      A.Xodjayev

Text to speech