O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabiga 1930-yillarda asos solingan. Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga qadar bu joyda ot bazasi bo‘lgan.
1950-yillarda O‘zbekiston chavandoz sportchilari ot sporti musobaqalariga shu joyda tayyorgarlik ko‘rgan. 1970 yilda ot sport bazasi, ot sporti bo‘yicha Respublika oliy mahorati maktabiga reorganizatsiya qilingan. Ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi vakillari qo‘yidagi musobaqalarda ishtirok etib kup sovrinlarni qo‘lga kiritishgan, shu jumlanadan 1972 yilda Myunxen shaxrida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida Mamajon Ismoilov Trest laqabli otda ishtirok etgan. 1973 yilda Mamajon Ismoilov va Iskandar Yuldashev Kiyev shaxrida bo‘lib o‘tgan uchkurash bo‘yicha Yevropa chempionatida ishitirok etgan. Undan keyin Valeriy Dvoryaninov Zeyla laqabli otda Kanadada bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan. 1974 yilda Mamajon Ismoilov va Valeriy Dvoryaninov Angliyada bo‘lib o‘tgan Jaxon chempionatida ishtirok etishgan. 1975 yilda Sergey Lisitsin Avstriyada yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida ishtirok etib, ot ustida eng chiroyli o‘tirish va texnik xarakatlangani uchun mahsus sovrinni qo‘lga kiritgan. 1979 yilda Valeriy Dvoryaninov uchkurash bo‘yicha Germaniyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida ishtirok etgan. 1980-yilda Yuriy Kovshov Moskvada bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida Igrok laqabli otda shahsiy musobaqalarda kumush medalni, va jamoaviy musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritgan. 1988-chi yilda Seulda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida Anatoliy Tankov Ijarsk laqabli otda ishtirok etgan. Mamajon Ismoilov Sobiq ittifoq spartakiada musobaqalarida 7 martda ishtirok etib, 2 martda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 2018 yil 27-chi aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini 314-chi qaroriga asosan, ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya tasarrufiga o‘tqazilgan.