Toshkent viloyati Zangiota tumanida kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning “mahalla yettiligi” vakillari bilan “ijtimoiy profilaktika” tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan sayyor seminar-trening o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
2025 yil 1-iyul kuni Toshkent viloyatiZangiota tumanida kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning “mahalla yettiligi” vakillari bilan “ijtimoiy profilaktika” tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan sayyor seminar-trening o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025 yil 16 maydagi 03-PA 1/1-1593/18-sonli topshirig‘i va Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi Raisining 2025 yil 1 aprelda tasdiqlangan Yo‘l-xaritasi ijrosini taʼminlash maqsadida, 2025 yil 01-iyul kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumanida kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning “mahalla yettiligi” vakillari bilan “ijtimoiy profilaktika” tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan sayyor seminar-trening o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Sayyor semenar treningda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari Z.Sh.Alimardonov,M.I.Maxsadov va D.Irgashevlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 – yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarori mazmun-mohiyati, har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar; Respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha manzilli chora - tadbirlar dasturi; Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha samarali tizimni yo‘lga qo‘yish hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan manzilli ishlarni tashkil etish; huqubuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi tizimi samarali amalaga oshirish tartiblari bo‘yicha maʼlumot berildi.
Tashkil etilgan sayyor seminar-trening mashg‘ulotida ijtimoiy profilaktika tushunchasi, mazmun-mohiyati va huquqiy asoslari, shunindek, “mahalla yettiligi” vakillarining ijtimoiy profilaktika obyektlari bilan amalga oshiriladigan profilaktik chora-tadbirlar, yuritiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida maʼlumot berildi. Seminar-trening mashg‘ulotlari mavzu doirasida amaliy misol (fabula)lar asosida muhokama tarzida o‘tkaziladi.
Ishchi guruhi tomonidan Mahalla yettiligi faollarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan 1-chorak yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar hisoboti, 2-chorakda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli uslubiy taklif va atvsiyalar berildi.
O‘quv seminarda Toshkent viloyati Zangiotatumanining 73 ta mahallasini 235 nafar yettilik aʼzolari ishtirok etishdi.
Seminar trening ishtirokchilari Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan ijtimoiy profilaktika yo‘nalishida tarqatma materiallar, taqdimotlar, bukletlar va o‘quv-ulubiy-metodika bilan taʼminlandilar.