Jizzax viloyatida harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini o‘rganish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi / / Ilmiy anjuman o‘tkazildi / / Taʼlim muassasalarining xavfsizligini taʼminlashda joriy qilingan qorovullik xizmatini yangi bosqichga olib chiqish hamda samarali tashkil etish maqsadida uchrashuvlar tashkil etilmoqda / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi / / Bugun soat 20.00 da Namangan shahrining “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida qo‘l jangi bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” xalqaro turniri start oladi. // A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada Milliy gvardiya xodimlarining Yozuvchilar uyushmasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. // “Yangi O‘zbekistonning sportchi harbiylar oilasi” ko‘rik tanlovi davom etmoqda. // Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan serjantlar tarkibi bilan “Serjantlar forumi” o‘tkazildi  / / Harbiy xizmatchi va xodimlarning o‘zlashtirgan bilim hamda ko‘nikmalari sinovlarda, yuqori jangovar shaylik esa o‘quv mashqlarda toblanadi// Respublika bo‘ylab Milliy gvardiya, prokuratura, ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlari ishtirokida qo‘shma profilaktik tadbirlar davom etmoqda // “Yangi O‘zbekistonning sportchi harbiy oilasi” shiori ostidagi sport musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Milliy gvardiya tomonidan “Xavfsizlikni taʼminlashda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida Ayollar forumi o‘tkazildi // Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi va FVV xodimlari hamkorligida harbiy xizmatchilar bilan Yong‘in xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" doirasidagi o‘quv-mashg‘uloti tashkillashtirildi. // Huquqiy tayyorgarlik va kibermadaniyatni yuksaltirish masalalarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasining dala o‘quv poligonida harbiy xizmatchilar bilan navbatdagi o‘quv-yig‘ini bo‘lib o‘tdi / / Andijon viloyati yoshlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha Milliy gvardiya respublika ishchi guruhi faoliyati / / Andijon viloyati yoshlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha Milliy gvardiya respublika ishchi guruhi faoliyati // Farg‘ona viloyatida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida Milliy gvardiya mutasaddi rahbarlarining otaliqqa olingan hududiy yoshlar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi  / / Milliy gvardiya xodimlari Surxondaryo viloyatidagi bolalar ftiziatriya sihatgohida davolanayotgan bolajonlar holidan xabar oldi / / Poytaxtimizdagi "Kinochilar saroyi" zalida Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi doirasida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan dolzarb vazifalar hamda ularning amaliy ijrosiga qaratilgan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 

Ўз O'z Ру En

Davlatimiz rahbari tomonidan 2017 yil noyabr oyida qabul qilingan qarorga muvofiq, o‘sib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona Vatanga sadoqat va uning mustaqilligini himoya qilish bo‘yicha burch tuyg‘usini shakllantirish, harbiy xizmatga hurmat tuyg‘ularini singdirish, shuningdek, oliy harbiy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish uchun yetarli bilimga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlarni tizimli ravishda tayyorlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2020 yilda “Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida harbiy-vatanparvarlik sinflari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab yuqorida taʼkidlaganimizdek Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda 4 tadan jami respublikamiz bo‘ylab 56 ta maktablarda harbiy-vatanparvarlik sinflari tashkil etilib Milliy gvardiyaga biriktirilgan.

Ushbu sinflarda o‘qish muddati besh yil bo‘lib, 6 sinfni bitirgan o‘quvchilar qabul qilinadi va 7-11 sinflarda taxsil olishadi.

Maktablarda tashkil qilingan qabul komissiyalari tomonidan mazkur sinflarga kirish istagini bildirgan nomzodlardan tegishli hujjatlar 1 iyuldan 20 iyul kuniga qadar qabul qilinib, 25 avgust kunigacha belgilangan tartibda jismoniy tayyorgarlik va tegishli fanlar yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.

Harbiy-vatanparvarlik sinflariga qabul qilish bo‘yicha tanlov teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari asosida amalga oshiriladi.

Tanlovning yakuniy natijalari 25 avgust kuni eʼlon qilinadi.

Text to speech