Jizzax viloyatida harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini o‘rganish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi / / Ilmiy anjuman o‘tkazildi / / Taʼlim muassasalarining xavfsizligini taʼminlashda joriy qilingan qorovullik xizmatini yangi bosqichga olib chiqish hamda samarali tashkil etish maqsadida uchrashuvlar tashkil etilmoqda / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi / / Bugun soat 20.00 da Namangan shahrining “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida qo‘l jangi bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” xalqaro turniri start oladi. // A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada Milliy gvardiya xodimlarining Yozuvchilar uyushmasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. // “Yangi O‘zbekistonning sportchi harbiylar oilasi” ko‘rik tanlovi davom etmoqda. // Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan serjantlar tarkibi bilan “Serjantlar forumi” o‘tkazildi  / / Harbiy xizmatchi va xodimlarning o‘zlashtirgan bilim hamda ko‘nikmalari sinovlarda, yuqori jangovar shaylik esa o‘quv mashqlarda toblanadi// Respublika bo‘ylab Milliy gvardiya, prokuratura, ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlari ishtirokida qo‘shma profilaktik tadbirlar davom etmoqda // “Yangi O‘zbekistonning sportchi harbiy oilasi” shiori ostidagi sport musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Milliy gvardiya tomonidan “Xavfsizlikni taʼminlashda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida Ayollar forumi o‘tkazildi // Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi va FVV xodimlari hamkorligida harbiy xizmatchilar bilan Yong‘in xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" doirasidagi o‘quv-mashg‘uloti tashkillashtirildi. // Huquqiy tayyorgarlik va kibermadaniyatni yuksaltirish masalalarida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasining dala o‘quv poligonida harbiy xizmatchilar bilan navbatdagi o‘quv-yig‘ini bo‘lib o‘tdi / / Andijon viloyati yoshlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha Milliy gvardiya respublika ishchi guruhi faoliyati / / Andijon viloyati yoshlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha Milliy gvardiya respublika ishchi guruhi faoliyati // Farg‘ona viloyatida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida Milliy gvardiya mutasaddi rahbarlarining otaliqqa olingan hududiy yoshlar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi  / / Milliy gvardiya xodimlari Surxondaryo viloyatidagi bolalar ftiziatriya sihatgohida davolanayotgan bolajonlar holidan xabar oldi / / Poytaxtimizdagi "Kinochilar saroyi" zalida Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi doirasida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan dolzarb vazifalar hamda ularning amaliy ijrosiga qaratilgan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 

Ўз O'z Ру En

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga nomzodlarni qabul qilish bo‘yicha qisqacha

ma’lumot

 

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga nomzodlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 noyabr kunidagi  971-son “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga o‘quvchilarni tanlab olish, o‘qishga qabul qilish va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining
5-sinfiga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 4-sinfini bitirgan o‘quvchilarni (keyingi o‘rinlarda nomzod deb ataladi) tanlab olish orqali o‘qishga qabul qilinadi.

Nomzodning bilim saviyasi, kasbiy (ijodiy) va intellektual qobiliyati, dunyoqarashi va psixologik jihatlarini aniqlash tanlab olishning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Tanlab olishdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar akademik litseyga belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi.

Akademik litseyga nomzodlarni tanlab olish va o‘qishga qabul qilish teng huquqlilik va odillik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.

Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar nomzodlarni tanlab olish jarayonida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.

 

Nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish

Akademik litsey rahbariyati tanlab olishni sifatli va oshkora o‘tkazish maqsadida har yili 1 aprelga qadar, ommaviy axborot vositalari orqali akademik litseyga nomzodlar tanlab olinishi haqida tashviqot tadbirlarini tashkil etadilar.

Qabul komissiyasi nomzodlarning hujjatlarini 1 - 20 iyun kunlari qabul qiladi.

Tanlab olishda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi talab etiladi:

nomzodning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan akademik litsey direktori nomiga ariza;

nomzodning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan so‘rovnoma;

nomzodning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;

086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;

nomzodning tibbiy daftarchasi (063 shakl);

6 dona 3x4 sm o‘lchamli rangli fotosurat;

nomzodning o‘qish joyidan baholar tabelining nusxasi;

nomzodning ota-onasining (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) pasportlari nusxalari.

  1. Kirish imtihonlari 20 - 30 iyun kunlari o‘tkaziladi.
  2. Qabul komissiyasi faoliyati davomida murojaat etuvchi fuqarolarga maslahatlar berib boradi.

Akademik litseyga nomzodlarni tanlab olish

va o‘qishga qabul qilish

  1. Akademik litseyga nomzodlar kirish imtihonlarini o‘tkazish orqali tanlab olinadi.
  2. Kirish imtihonlarini o‘tkazish uchun materiallar akademik litsey hamda Harbiy-texnik institutning etakchi pedagog va psixologlari tomonidan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilib, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
  3. Kirish imtihonlari davlat, rus va qoraqalpoq tillarida qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
  4. Nomzodlar bilan quyidagi kirish imtihonlari o‘tkaziladi:

ona tili (diktant);

matematika (nazorat ishi);

o‘qish;

psixologik sinov (test);

ijodiy imtihon (musiqa).

  1. Kirish imtihonlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

ona tili bo‘yicha diktant matnining hajmi 110 - 120 so‘zdan iborat bo‘ladi, diktantni yozish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi;

matematika bo‘yicha nazorat ishini o‘tkazish uchun nomzodlarga 4 ta topshiriq (2 ta misol va 2 ta vazifa) beriladi, ularni echish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi;

o‘qish bo‘yicha imtihonni o‘tkazish uchun nomzodga matn taqdim etiladi, o‘qish tezligi bir daqiqaga 70 so‘zdan kam bo‘lmasligi kerak;

psixologik sinov uchun nomzodlarga 20 ta test savollari beriladi, ularni echish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi.

Ijodiy imtihonni o‘tkazish davomida nomzodning ijro etish usuli, xotira, eshitish qobiliyati va mustaqil tayyorlangan chiqishi baholanadi. Ijodiy imtihonni o‘tkazish uchun har bir nomzodga 15 - 20 daqiqa vaqt ajratiladi.

  1. Nomzodlarga ijodiy sinovlar o‘tkaziladigan binoga o‘zi bilan musiqa asbobi, ijodiy ishni bajarish uchun zarur anjom olib kirishlariga ruxsat etiladi.
  2. Nomzodlar barcha sinovlarning umumiy natijasi ketma-ketligi bo‘yicha belgilangan kvotaga muvofiq o‘qishga qabul qilinadi.
  3. Bir nechta nomzodlarning o‘tish reyting ballari teng bo‘lgan holatlarda, ular akademik litseyga belgilangan kvotadan tashqari qabul qilinadi.
  4. Kirish imtihonlari 100 ballik tizimda akademik litseyga kirish uchun imtihonlarni umumiy baholash mezonlariga muvofiq baholanadi.
  5. Imtihonlarga kelmagan nomzodlar bilan takroriy imtihonlar o‘tkazilmaydi.
  6. Akademik litsey direktori 3 iyulga qadar Qabul komissiyasi yig‘ilishining bayonnomasi asosida nomzodlarni akademik litseyga o‘quvchilar safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
  7. 23. Kirish imtihonlarining yakuniy natijalari akademik litsey qabul komissiyasi tomonidan 5 iyulgacha e’lon qilinadi.
  8. 24. Kirish imtihonlari natijasidan norozi bo‘lgan nomzodlarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) akademik litsey direktori buyrug‘i bilan tuziladigan appelyasiya komissiyasiga natija e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun davomida appelyasiya berish huquqiga ega.

 

Murojaat uchun telefon 71.276-34-65

Ishonch telefoni: 71. 236-51-08

 

 

Text to speech