Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida tinglovchilarni qasamyod qabul qilish va navbatdagi bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. // Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan Regbi-7 xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi va turnir davomida yetakchilik qilib kelgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. // Ot poygasi bo‘yicha jahon chempionati // Sportning "O‘q otish" turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi bahslari bo‘lib o‘tdi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanlovida Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi // Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining oila aʼzolari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan «Yangi O‘zbekistonning ibratli harbiylar oilasi» ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi // Voleybol bo`yicha milliy gvardiya kubogi musobaqalari // Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri o‘tkazildi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanloviga start berildi // Sirdaryo viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining jangovar shayligi va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.// Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarmalari o‘rtasida mini-futbol turniri o‘tkazildi. // Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya xodimlari “Men donorman” xayriya aksiyasida faol ishtirok etishmoqda ishtirok etishdi // Huquq-tartibot idoralari xodimlarining oila a'zolari ishtirokida bayram tadbirlari // Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari// Maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan “Harbiy qismda bir kun” loyihasi // Davlatimiz rahbari topshirigʻi bilan joylarda respublika ishchi guruhi tomonidan aholini ijtimoiy qoʻllab quvvatlashga qaratilgan manzilli ishlar davom ettirilmoqda. Mazkur ishchi guruh tarkibida boʻlgan Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari boshchiligidagi sohaga oid mutaxassislar tomonidan Samarqand viloyati boʻylab mahallalar kesimidagi zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. // Joriy yilning 2-4 may kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida bo'lib o'tgan "Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar" festivalida Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari yuqori natijalarni qo'lga kiritishdi. // Milliy madaniyatimiz va tariximizni oʻrganish-Vatanga boʻlgan muhabbatimizni yanada oshiradi// Ayol harbiy xizmatchi va xodimalar hamda yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi // «Yosh gvardiyachi» harbiy-sport musobaqasi // Umumiy ovqatlanish maskanidagi bir guruh shaxslarning o‘zaro janjali “tashvish” xabari orqali yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etildi // Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida hamda barcha hududiy boshqarmalarda "Burch, Sadoqat, Jasorat" shiori ostida yangi 2024-2025 o‘quv yiliga bag‘ishlangan maʼnaviyat darsi bo‘lib o‘tdi 

Ўз O'z Ру En

  YANGI O‘ZBEKISTONDA - YANGICHA TIZIM

Bugun 10 avgust kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djuraev raisligida “Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarorining mazmun mohiyati, shuningdek ushbu yo‘nalishda tubdan yangilangan tizimni joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l xaritasida belgilangan vazifalarni shaxsiy tarkibga yetkazishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, Xalq ta'limi, Sog‘liqni saqlash, Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari hamda Mehribonlik uylari mutasaddi rahbarlari, viloyat va shahar hokimliklari, vasiylik va homiylik organlari mas'ul xodimlari, Oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqarolar, ushbu yo‘nalishga mas'ul bo‘lgan Milliy gvardiya tarkibiy va hududiy bo‘linmalarining harbiy xizmatchi hamda xodimlari, shuningdek jurnalistlar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida Milliy gvardiya qo‘mondoni yurtboshimiz raisligida 28 iyul kuni nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda aniq vazifalar va maqsadli yo‘nalishlar belgilab berilgani to‘g‘risida eslatib, ushbu yo‘nalishda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi tizimning mazmun-mohiyatini bir qator misollar bilan yoritib berdi.
Ochiq muloqot tarzida davom etgan yig‘ilish mobaynida hamkor vazirliklar mutasaddi rahbarlari so‘z olib, Mehribonlik uylari to‘g‘risida Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan ta'kidlab o‘tilgan muammoli masalalar va ularning yechimi to‘g‘risidagi takliflarini qo‘llab-quvvatlagan holda kelgusida hamkorlikdagi ishlarni jadallashtirishga va yangi bosqichga olib chiqishga so‘z berdilar.
Samimiy ruhda davom etayotgan va yoshlar taqdiri bilan bog‘liq muhim masalalarning yechimi o‘rtaga tashlanganidan to‘lqinlangan Mehribonlik uylari rahbarlari ham so‘zga chiqib, Mehribonlik uylarining faoliyat yuritishi Yangi O‘zbekistonimizga yarashmasligini, shuningdek oliyjanob xalqimiz tomonidan Oilaviy bolalar uylari tashkil qilinishi oqibatida mamlakatimizda “etim” degan tushunchaga barham berilishiga ishonch bildirdilar.
Xulosa sifatida shuni ta'kidlashimiz joizki, Milliy gvardiya va joriy qilingan yangi tizimga bildirilgan ishonch mazkur yo‘nalishga mas'ul bo‘lgan barcha harbiy xizmatchi va xodimlarimizga katta mas'uliyat yuklash bilan birga ushbu muqaddas burchni ado etishda faxr va iftixor bag‘ishlaydi.

Text to speech