“Yosh gvardiyachilar” harbiy sport musobaqasining Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat bosqichlari oʻtkazilmoqda. / /Muddatli harbiy xizmatchilar bilan o'q otish va maxsus tayyorgarlik mashgʻulotlari olib borilmoqda. / / Milliy gvardiya tizimida maʼnaviy – maʼrifiy ishlarni tashkil etishni yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan oʻquv seminari o’tkazildi. / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida uchuvchisiz uchish apparatlari mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha navbatdagi oʻquv yigʻini yakunlandi. / / Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtashga bel bogʻlagan yosh askarlar Vatanga qasamyod qilishdi. / / Milliy gvardiya faoliyatiga doir 2025 yil uchun belgilab olingan ustuvor vazifalar ijrosiga qaratilgan navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat yig‘ilishi o‘tkazildi. / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Kinologiya xizmati jamoasi “Oʻzbekiston сhempionati – 2025” koʻrgazmasida turli nominatsiyalar boʻyicha faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

O‘zbekistonda jang san’atlari va o‘zini-o‘zi himoya qilish tizimini rivojlantirishning yangi bosqichiga qadam qo‘yildi: joriy yilning 24 may kuni Milliy gvardiya homiyligidagi "Pekiti tirsia kali" federatsiyasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, 20306-sonli guvohnoma taqdim etildi.

"Pekiti tirsia kali" haqida asosiy ma’lumotlar:

"Pekiti tirsia kali" Filippinning an’anaviy jang san’ati bo‘lib, u sovuq qurollar, tayoqlar va qurolsiz jang elementlarini, shuningdek kurash va qo‘l jangi usullarini o‘zida mujassam  etadi. Ushbu tizim raqibni zararsizlantirish va qurolsizlantirishning samarali usuli sifatida e’tirof etilgan bo‘lib, minimal zarar yetkazgan holda amalga oshiriladi va Yevropa hamda AQShning harbiy va huquqni muhofaza qilish tuzilmalarida, jumladan maxsus bo‘linmalarda keng qo‘llaniladi.
Bir asrdan ortiq tarixga ega bo‘lgan ushbu jang san’ati 2025 yilda o‘zining 128 yilligini nishonlamoqda. Unga Grand Tuhon Leo Tortal Gaje Jr.  rahbarlik qiladi. 2003-yilda u AQSh, Kanada, Yevropa va Filippinda vakillari mavjud bo‘lgan Pekiti tirsia Global xalqaro tashkilotiga asos solgan. Filippinda ushbu federatsiyaga ikkinchi Maginoo-Mandala Rommel Tortal rahbarlik qiladi.
Mamlakatimizda mazkur Federatsiyaning tashkil etilishi kuch tuzilmalari harbiy xizmatchi va xodimlarining jismoniy va taktik tayyorgarligini takomillashtirib borishda, shuningdek o‘zini-o‘zi himoya qilish usullarini puxta egallash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Uning faoliyat yo‘nalishlaridan biri yosh yigit-qizlarga o‘zini-o‘zi himoya qilish va favqulodda vaziyatlarda himoyalanish usullarini o‘rgatishdan iborat.

O‘zbekistonda rivojlanish:
Federatsiyaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mamlakatda ushbu jang san’atining rivojlanishga huquqiy asos va mantiqiy qadam bo‘ldi. 2023 yil fevral oyida Rommel Tortalning O‘zbekistonga birinchi tashrifi bo‘lib o‘tib, ikki hafta davomida Filippin Xalqaro federatsiyasi rahbari tomonidan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar mobaynida ularning jismoniy va sport tayyorgarlik darajasi yuqori baholandi. Shuningdek, tizim rahbariyati va shaxsiy tarkibining "Pekiti tirsia kali"ni o‘rganish niyatlari jiddiyligiga ishonch hosil qilgan Rommel Tortal jang san’atining ushbu turini rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha uzoq muddatli rejalarni tinglab, Milliy gvardiyaga "Pekiti tirsia kali" maktabini ochish uchun rasmiy ruxsatnoma berishga qaror qildi va unga O‘zbekistonda “PTK Bantay” ("Jangchi") sport klubi nomini berdi. O‘sha yilning o‘zida 29 mart kuni esa Milliy gvardiyaning Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi  negizida Markaziy Osiyo mintaqasidagi birinchi va yagona "Pekiti tirsia kali" maktabi o‘z faoliyatini boshladi. Bu yerda kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari  tayyorgarlikdan o‘tishdi.
Bu esa "Pekiti tirsia kali" ni milliy taktik tayyorgarlik va o‘zini o‘zi himoya qilish tizimiga yanada tadbiq etish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi.
Alohida ta’kidlash joizki, dastlabki bosqichda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini o‘qitishda, Belarus Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — ichki qoʻshinlar qoʻmondoni general-mayor N. Karpenkov tashabbusi bilan  «PTK Batikan» sport klubi rahbari Eduard Shvidchenko boshchiligidagi instruktorlar yaqindan yordam ko‘rsatib, mashg‘ulotlar  olib borishdi.  

Federatsiyaning asosiy maqsad va vazifalari:

  • Kuch tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar orasida "Pekiti tirsia kali" ni amaliy jang san’ati sifatida ommalashtirish va rivojlantirish;
  • Kuch tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda malakali instruktorlarni tayyorlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi maxsus bo‘linmalari hamda Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa mamlakatlar harbiy xizmatchilari ishtirokida musobaqalar va treninglar tashkil etish.

Hozirda Federatsiyaning rasmiy veb-saytini yaratish va tashkiliy masalalar yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Amalga oshirilgan ishlar borasida alohida ma’lumotlar berib boramiz.

 

 

 

 

 

 

Text to speech