Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri o‘tkazildi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanloviga start berildi // Sirdaryo viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining jangovar shayligi va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.// Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarmalari o‘rtasida mini-futbol turniri o‘tkazildi. // Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya xodimlari “Men donorman” xayriya aksiyasida faol ishtirok etishmoqda ishtirok etishdi // Huquq-tartibot idoralari xodimlarining oila a'zolari ishtirokida bayram tadbirlari // Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari// Maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan “Harbiy qismda bir kun” loyihasi // Davlatimiz rahbari topshirigʻi bilan joylarda respublika ishchi guruhi tomonidan aholini ijtimoiy qoʻllab quvvatlashga qaratilgan manzilli ishlar davom ettirilmoqda. Mazkur ishchi guruh tarkibida boʻlgan Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari boshchiligidagi sohaga oid mutaxassislar tomonidan Samarqand viloyati boʻylab mahallalar kesimidagi zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. // Joriy yilning 2-4 may kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida bo'lib o'tgan "Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar" festivalida Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari yuqori natijalarni qo'lga kiritishdi. // Milliy madaniyatimiz va tariximizni oʻrganish-Vatanga boʻlgan muhabbatimizni yanada oshiradi// Ayol harbiy xizmatchi va xodimalar hamda yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi // «Yosh gvardiyachi» harbiy-sport musobaqasi // Umumiy ovqatlanish maskanidagi bir guruh shaxslarning o‘zaro janjali “tashvish” xabari orqali yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etildi // Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida hamda barcha hududiy boshqarmalarda "Burch, Sadoqat, Jasorat" shiori ostida yangi 2024-2025 o‘quv yiliga bag‘ishlangan maʼnaviyat darsi bo‘lib o‘tdi 

Ўз O'z Ру En

Andijon va Namangan viloyatlarida uyushmagan yoshlar ishtirokida "Vatanning sodiq yoshlari" shiori ostida o‘quv- yig‘ini hamda vatanparvarlik tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya tasarrufidagi Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan yoshlarni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga dahldorlik, ishchanlik ruhida tarbiyalash maqsadida Andijon hamda Namangan viloyatlarida uyushmagan yoshlar ishtirokida "Vatanning sodiq yoshlari" o‘quv- yig‘ini hamda boshqa bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Viloyatlarning barcha shahar va tumanlaridan 200 nafarga yaqin yoshlar kutib olinib, joylashtirildi va maxsus harbiy kiyim, oziq-ovqat taʼminoti bilan taʼminlandi.

O‘quv- yig‘ini ikki kun davom etib, unda yoshlar harbiy kasbga yo‘naltirish, huquqiy savodxonlik mashg‘ulotlarida, mehnat yarmarkalari va konsert dasturlarida ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Yig‘inning birinchi kuni ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlandi.

Shundan keyin yoshlarda huquqiy savodxonlikni mustahkamlashga qaratilgan "Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati" va yoshlarda vatanga dahldorlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan "Harbiy-vatanparvarlik orqali yoshlarni vatanga dahldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari" mavzularida master klass mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar davomida viloyat yoshlari mutaxassislarga bir qator qiziqarli va kerakli savollar berib, o‘z faolliklarini namoyon etishdi.

Tadbirlar qizg‘in pallaga kirmoqda, yoshlar har bir mashg‘ulotlarga qiziqish bilan yondashmoqda, harbiy hayotning turli jabhalaridan voqif bo‘lmoqda.

Text to speech