Qoʻl jangi boʻyicha boshqarma boshligʻi kubogi gʻoliblari aniqlandi.
Barchamiz bilamizki, sport xalqlarni birlashtiruvchi, doʻstlikni mustahkamlovchi, har qanday mamlakatni dunyoga tez tanituvchi sohalardan biridir.
Albatta, sportda erishilgan yutuqlar davlatda boʻlayotgan ulkan islohotlarning koʻzgusi hisoblanada.
Davlatimiz rahbarining dunyo hamjamiyatida Yangi Oʻzbekistonning mavqeini mustahkamlash borasida olib borayotgan oqilona siyosatlarining asosiy yoʻnalishlaridan biri sportni rivojlantirish, aholini sport bilan shugʻullanishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻldi.
Shularni inobatga olgan holda Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻl jangi federatsiyasi bilan hamkorlikda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish hamda ularni sportga qiziqtirish maqsadida, 12-14 yoshdagi oʻsmirlar oʻrtasida sportning qoʻl jangi turi boʻyicha Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi boshligʻining kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
Musobaqada faxrli oʻrinlarni egallagan gʻoliblar boshqarma boshligʻining diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.