Harbiy sport musobaqasi // Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tizimdagi bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi.// «Yangi O'zbekistonning ibratli harbiylar oilasi» tanlovi // Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida tinglovchilarni qasamyod qabul qilish va navbatdagi bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. // Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan Regbi-7 xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi va turnir davomida yetakchilik qilib kelgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. // Ot poygasi bo‘yicha jahon chempionati // Sportning "O‘q otish" turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi bahslari bo‘lib o‘tdi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanlovida Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi // Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining oila aʼzolari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan «Yangi O‘zbekistonning ibratli harbiylar oilasi» ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi // Voleybol bo`yicha milliy gvardiya kubogi musobaqalari // Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri o‘tkazildi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanloviga start berildi // Sirdaryo viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining jangovar shayligi va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.// Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarmalari o‘rtasida mini-futbol turniri o‘tkazildi. // Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya xodimlari “Men donorman” xayriya aksiyasida faol ishtirok etishmoqda ishtirok etishdi // Huquq-tartibot idoralari xodimlarining oila a'zolari ishtirokida bayram tadbirlari // Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari// Maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan “Harbiy qismda bir kun” loyihasi // Davlatimiz rahbari topshirigʻi bilan joylarda respublika ishchi guruhi tomonidan aholini ijtimoiy qoʻllab quvvatlashga qaratilgan manzilli ishlar davom ettirilmoqda. Mazkur ishchi guruh tarkibida boʻlgan Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari boshchiligidagi sohaga oid mutaxassislar tomonidan Samarqand viloyati boʻylab mahallalar kesimidagi zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. // Joriy yilning 2-4 may kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida bo'lib o'tgan "Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar" festivalida Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari yuqori natijalarni qo'lga kiritishdi. // Milliy madaniyatimiz va tariximizni oʻrganish-Vatanga boʻlgan muhabbatimizni yanada oshiradi// Ayol harbiy xizmatchi va xodimalar hamda yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi // «Yosh gvardiyachi» harbiy-sport musobaqasi // Umumiy ovqatlanish maskanidagi bir guruh shaxslarning o‘zaro janjali “tashvish” xabari orqali yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etildi // Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida hamda barcha hududiy boshqarmalarda "Burch, Sadoqat, Jasorat" shiori ostida yangi 2024-2025 o‘quv yiliga bag‘ishlangan maʼnaviyat darsi bo‘lib o‘tdi 

Ўз O'z Ру En

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 4 avgust kunidagi "Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorining mazmun mohiyati muxokama qilinib, ijrosi yuzasidan mas'ul vazirliklarning o‘zaro hamjihatlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlari belgilab olindi.

Joriy yilning 10 avgust kuni Milliy gvardiya Markaziy devonida Davlatimiz rahbarining 2022 yil 4 avgust kunidagi "Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorini muhokama etish hamda kelgusida hamjihatlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilab olish maqsadida navbatdagi video-selektor tarzidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Vazirlar Mahkamasining Bolalarni himoya qilish sho‘basi mudiri, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili, Xalq ta'limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining Onalik va bolalikni muhofaza qilish mutasaddi rahbarlari, Milliy gvardiyaning mazkur yo‘nalishga mas'ul xodimlari, respublikamiz bo‘yicha faoliyat yuritib kelayotgan 125 ta oilaviy bolalar uylari ota-onalari, shuningdek joylardagi vazirliklarning sohaga oid mas'ul rahbarlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.
Tadbir davomida so‘z olgan Milliy gvardiya qo‘mondonligi va boshqa vazirlik hamda idoralar vakillari tomonidan mazkur qarorning mazmun-mohiyati, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi xalqaro standartlar hamda Oilaviy bolalar uylari, moliya-xo‘jalik faoliyatini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etish bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek, o‘tgan davr mobaynidagi tizimda yo‘lga qo‘yilgan ayrim kamchiliklar muhokama qilinib, mazkur Qaror bilan barcha muammoli masalalar o‘z yechimini topganligi muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.
Yig‘ilish davomida qabul qilingan mazkur qarorga oid joylardagi oilaviy bolalar uylari rahbarlari va mas'ul xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar aniq javob hamda maslahatlarini berishdi.
Ochiq muloqot ostida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish yakunida, ko‘rib chiqilgan masalalar hamda takliflar inobatga olingan holda tegishli vazirlik mutasaddilariga topshiriqlar berildi.

Text to speech