Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri o‘tkazildi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanloviga start berildi // Sirdaryo viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining jangovar shayligi va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.// Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarmalari o‘rtasida mini-futbol turniri o‘tkazildi. // Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya xodimlari “Men donorman” xayriya aksiyasida faol ishtirok etishmoqda ishtirok etishdi // Huquq-tartibot idoralari xodimlarining oila a'zolari ishtirokida bayram tadbirlari // Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari// Maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan “Harbiy qismda bir kun” loyihasi // Davlatimiz rahbari topshirigʻi bilan joylarda respublika ishchi guruhi tomonidan aholini ijtimoiy qoʻllab quvvatlashga qaratilgan manzilli ishlar davom ettirilmoqda. Mazkur ishchi guruh tarkibida boʻlgan Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari boshchiligidagi sohaga oid mutaxassislar tomonidan Samarqand viloyati boʻylab mahallalar kesimidagi zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. // Joriy yilning 2-4 may kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida bo'lib o'tgan "Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar" festivalida Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari yuqori natijalarni qo'lga kiritishdi. // Milliy madaniyatimiz va tariximizni oʻrganish-Vatanga boʻlgan muhabbatimizni yanada oshiradi// Ayol harbiy xizmatchi va xodimalar hamda yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi // «Yosh gvardiyachi» harbiy-sport musobaqasi // Umumiy ovqatlanish maskanidagi bir guruh shaxslarning o‘zaro janjali “tashvish” xabari orqali yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etildi // Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida hamda barcha hududiy boshqarmalarda "Burch, Sadoqat, Jasorat" shiori ostida yangi 2024-2025 o‘quv yiliga bag‘ishlangan maʼnaviyat darsi bo‘lib o‘tdi 

Ўз O'z Ру En

“Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi

Joriy yilning 28-29 iyun kunlari poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchilari o‘rtasida “Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi”tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini o‘rganish, yetakchilarning bilim

va ko‘nikmasini aniqlab, erishgan natijalarini baholash hamda ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlovda Qo‘riqlash bosh boshqarmasi, hududiy boshqarmalar, Jamoat xavfsizligi universiteti hamda harbiy qismlarning bir nafardan eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ishtirok etdi.

Tanlov davomida hakamlar hayʼati tomonidan jami 44 nafar ishtirokchilarning har birini individual qobiliyatlari, amalga oshirgan loyihalari, taqdim etgan hujjat va hisobotlari o‘rganilib, baholash mezonlari adolatli, xolis

va shaffoflik ruhida amalga oshirildi.

Tanlovning ikkinchi kuni yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosim avvalida Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori va agentlik o‘rinbosari, Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashi raisi ishtirokida ayni davrda yoshlarga berilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan sharoitlarga bag‘ishlangan Yoshlar press klubi o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, o‘z kasbining mohir ustalari, kasbini sevib ardoqlaydigan haqiqiy, vatanpar harbiy xizmatchi va xodimlar Milliy gvardiya qo‘mondonining I, II va III darajali diplomi va boshqa qimmatbaho sovg‘alari bilan mukofotlandi.

Xususan, “Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” tanlovida faxrli 3-o‘rin Andijon viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi leytenant Soliyev Shodiyorbek Yashinbek o‘g‘liga nasib etdi. Faxrli 2-o‘rinni bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlang‘ich tashkilot yetakchisi kapitan Sattorov Asror Akramjonovich qo‘lga kiritdi. 1-o‘rinni mutloq g‘oliblik bilan Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi katta leytenant Rajabov Javoxir Ilxom o‘g‘li egalladi.

Shu bilan birga, tanlovda faol ishtirok etgan boshlang‘ich tashkilot yetakchilari tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini joriy etilishida jonbozligi va Milliy gvardiya tizimi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan davlat va jamoat tashkiloti vakillari jumladan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Shavkat Zayniddinov, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Saʼdullayev hamda agentlik o‘rinbosari Kattaxonova Dilnoza “Maʼnaviyat aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbir so‘nggida, Milliy gvardiya ansambli xonandalari tomonidan namoyish etilgan badiiy chiqishlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Text to speech