“QOʻMONDON OʻRINBOSARINING TIZIMDAGI YOSHLAR BILAN” UCHRASHUVI
“Yoshlar forumi-2024” doirasida Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Qoʻmondon oʻrinbosarining tizimdagi yoshlar bilan” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Milliy gvardiyasi qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov tadbirda ishtirok etayotgan muddatli harbiy xizmatchilar, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, Harbiy musiqali akademik litseyi, “Temurbeklar” harbiy-akademik litseyi va Milliy gvardiyaga biriktirilgan “Yosh gvardiyachilar” sinfi oʻquvchilariga bugunda Milliy gvardiya tizimida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida soʻzlab berdi. shuningdek tadbirda Yoshlar ishlar agentligi direktorining oʻrinbosari A.Moʻminov ham ishtirok etib, bugunda mamlakatimizda hukumatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida maʼlumotlar berdi. Ularning qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish borasida olib borilayotgan ishlar xususida toʻxtalib oʻtdi. Eng ommalashib borayotgan sunʼiy intellekt toʻgʻrisida ham gapirib, yoshlarni informatsion texnologiyalarni mukammal egallashga chorladi.
Bundan tashqari tadbirda mehmon boʻlgan Oʻzbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi, kinoaktrisa, “Kelajak bunyodkori” medali sohibasi, Aysanem Yusupova ham yoshlar bilan suhbatlashib, oʻzining erishgan yutuqlari bilan boʻlishdi. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi boks boʻyicha Osiyo va Jahon chempioni va Tokio olimpiadasi ishtirokchisi, “Kelajak bunyodkori” medali sohibasi, Rayhona Qodirovaning sportdagi bosib oʻtgan yoʻli toʻgʻrisidagi soʻzlari ham yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir koʻrgazmali va musiqali chiqishlar bilan yanada boy oʻtdi.