Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida tinglovchilarni qasamyod qabul qilish va navbatdagi bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. // Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan Regbi-7 xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi va turnir davomida yetakchilik qilib kelgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. // Ot poygasi bo‘yicha jahon chempionati // Sportning "O‘q otish" turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi bahslari bo‘lib o‘tdi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanlovida Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi // Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining oila aʼzolari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan «Yangi O‘zbekistonning ibratli harbiylar oilasi» ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi // Voleybol bo`yicha milliy gvardiya kubogi musobaqalari // Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri o‘tkazildi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanloviga start berildi // Sirdaryo viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining jangovar shayligi va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.// Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarmalari o‘rtasida mini-futbol turniri o‘tkazildi. // Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya xodimlari “Men donorman” xayriya aksiyasida faol ishtirok etishmoqda ishtirok etishdi // Huquq-tartibot idoralari xodimlarining oila a'zolari ishtirokida bayram tadbirlari // Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari// Maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan “Harbiy qismda bir kun” loyihasi // Davlatimiz rahbari topshirigʻi bilan joylarda respublika ishchi guruhi tomonidan aholini ijtimoiy qoʻllab quvvatlashga qaratilgan manzilli ishlar davom ettirilmoqda. Mazkur ishchi guruh tarkibida boʻlgan Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari boshchiligidagi sohaga oid mutaxassislar tomonidan Samarqand viloyati boʻylab mahallalar kesimidagi zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. // Joriy yilning 2-4 may kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida bo'lib o'tgan "Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar" festivalida Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari yuqori natijalarni qo'lga kiritishdi. // Milliy madaniyatimiz va tariximizni oʻrganish-Vatanga boʻlgan muhabbatimizni yanada oshiradi// Ayol harbiy xizmatchi va xodimalar hamda yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi // «Yosh gvardiyachi» harbiy-sport musobaqasi // Umumiy ovqatlanish maskanidagi bir guruh shaxslarning o‘zaro janjali “tashvish” xabari orqali yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etildi // Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida hamda barcha hududiy boshqarmalarda "Burch, Sadoqat, Jasorat" shiori ostida yangi 2024-2025 o‘quv yiliga bag‘ishlangan maʼnaviyat darsi bo‘lib o‘tdi 

Ўз O'z Ру En

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TO‘GARAGI TASHKIL ETILDI

Ayni kunlarda Respublika miqyosida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining texnik ijodkorligini rivojlantirish, ularga buyuk tariximizni, arxeologik va madaniy meroslarimizni chuqur o‘rgatish hamda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi asosiy bilimlarini takomillashtirish maqsadida turli to‘garaklar o‘z faoliyatini boshladi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Qo‘riqlash servis” UK Navoiy viloyati filiali hamda Navoiy viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi hamkorligida “Kompyuter savodxonligi” to‘garagi tashkil etilib, hozirgi kunda ushbu to‘garakda 10 dan ziyod yoshlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib kelmoqda.

Tarbiyalanuvchilar mashg‘ulotlar davomida kompyuter savodxonligini hamda internetdan foydalanish madaniyatini chuqur o‘zlashtirib, malakali mutaxassis xodimlardan ofis dasturlarida ishlash, sayt yaratish, internet tarmog‘idan kerakli maʼlumotlarni izlash, kompyuterni sozlash yo‘nalishlari bo‘yicha taʼlim olmoqda.

O‘tkazilayotgan bu kabi amaliy va nazariy o‘quv mashg‘ulotlari yosh avlodning kompyuterning kelib chiqish tarixi, maqsad va vazifalari to‘g‘risida keng tushunchalarga ega bo‘lishiga zamin yaratmoqda.

Text to speech