Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida tinglovchilarni qasamyod qabul qilish va navbatdagi bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. // Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan Regbi-7 xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi va turnir davomida yetakchilik qilib kelgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. // Ot poygasi bo‘yicha jahon chempionati // Sportning "O‘q otish" turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi bahslari bo‘lib o‘tdi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanlovida Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi // Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining oila aʼzolari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan «Yangi O‘zbekistonning ibratli harbiylar oilasi» ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi // Voleybol bo`yicha milliy gvardiya kubogi musobaqalari // Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri o‘tkazildi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanloviga start berildi // Sirdaryo viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining jangovar shayligi va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.// Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarmalari o‘rtasida mini-futbol turniri o‘tkazildi. // Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya xodimlari “Men donorman” xayriya aksiyasida faol ishtirok etishmoqda ishtirok etishdi // Huquq-tartibot idoralari xodimlarining oila a'zolari ishtirokida bayram tadbirlari // Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari// Maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan “Harbiy qismda bir kun” loyihasi // Davlatimiz rahbari topshirigʻi bilan joylarda respublika ishchi guruhi tomonidan aholini ijtimoiy qoʻllab quvvatlashga qaratilgan manzilli ishlar davom ettirilmoqda. Mazkur ishchi guruh tarkibida boʻlgan Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari boshchiligidagi sohaga oid mutaxassislar tomonidan Samarqand viloyati boʻylab mahallalar kesimidagi zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. // Joriy yilning 2-4 may kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida bo'lib o'tgan "Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar" festivalida Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari yuqori natijalarni qo'lga kiritishdi. // Milliy madaniyatimiz va tariximizni oʻrganish-Vatanga boʻlgan muhabbatimizni yanada oshiradi// Ayol harbiy xizmatchi va xodimalar hamda yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi // «Yosh gvardiyachi» harbiy-sport musobaqasi // Umumiy ovqatlanish maskanidagi bir guruh shaxslarning o‘zaro janjali “tashvish” xabari orqali yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etildi // Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida hamda barcha hududiy boshqarmalarda "Burch, Sadoqat, Jasorat" shiori ostida yangi 2024-2025 o‘quv yiliga bag‘ishlangan maʼnaviyat darsi bo‘lib o‘tdi 

Ўз O'z Ру En

Urganch shahridagi Oilaviy bolalar uyida tarbiya topayotgan va hozirda Toshkent shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Bolalar gemotologiyasi markazida davolanayotgan 17 yoshli Zafarbekni holidan xabar olish uchun Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev ushbu markazga tashrif buyurdi.

Urganchlik ustozlar Nuraddin Sharifboyevich va Nilufar Axmedjonovnalarning orzulari doim yuksak bo‘lgan. Ular turmush qurgan kundan boshlab, Mehribonlik uyidagi bolalarni oilasi bag‘riga olishga kelishib olishgan. 2021 yil noyabr oyida Davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning tubdan yangilangan tizimi joriy etilganidan so‘ng, ular nihoyat o‘z maqsadlarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lib, uch qiz va to‘qqiz o‘g‘ilning baxtli ota-onasiga aylandi.

Nuraddin Sharifboyevich va Nilufar Axmedjonovna bolalarni “o‘zimizniki” va “asrab olingan” deb ajratmasdan “bizning farzandlarimiz” deb ataydi.

Ammo yaqinda ahil oilaning boshiga musibat tushdi: 17 yoshli Zafarbek og‘ir xastalikka chalinganligi maʼlum bo‘ldi. Xavotirga tushgan ota-ona yordam so‘rab Milliy gvardiyaga murojaat qildi. Shundan so‘ng, Zafarbek Toshkentga olib kelinib, eng yaxshi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalaridan biri – Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiya markaziga davolanish uchun joylashtirildi. Milliy gvardiya Tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Umarbek Yusupov va Markaziy ambulatoriya boshlig‘i katta leytenant Shahnoza Mirsogatovalar har kuni o‘smirning holidan xabar olishdi.Shifokorlar davolanish jarayoni, qanday dori-darmonlar kerakligi bilan tanishib, Milliy gvardiya qo‘mondoniga maʼlumot berib borishdi. Harbiy xizmatchilar ham bugungi sinovli kunlarda o‘g‘li uchun yordam va g‘amxo‘rlik so‘rab turgan Zafarbekning ota-onasiga maʼnan hamda amaliy yordam berib, qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Kuni kecha Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor Rustam Djurayev Zafarbekdan xabar olish va tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashish uchun markazga tashrif buyurdi. Suhbat chog‘ida qo‘mondon Zafarbekdan tuzalib chiqqanidan so‘ng oldiga qo‘ygan maqsad va rejalari haqida so‘radi. O‘smirning Vatanga xizmat qilish maqsadi borligini eshitgan general bosh kiyimini yechdi va “Men seni doimo qo‘llab-quvvatlayman, ishonchim komilki,sen albatta general bo‘lasan!” deb uning boshiga kiydirdi. Shuningdek, u Zafarbekning tezroq sog‘ayib ketishini tilab, har qanday vaziyatda ham jasorat va o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmasligini maslahat berdi. Xayrlashuv chog‘ida dori-darmon va barcha zarur narsalar bilan qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Markaz direktori Abdulla Abdihakimov va bolakayga masʼul shifokor davolanish jarayoni, kerakli dori-darmonlar haqida maʼlumot berdi. Milliy gvardiya tibbiyot xizmati boshliqlariga Markaz tibbiyot xodimlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turish, bolaning ahvoli, qanday dori-darmonlar zarurligi haqida xabardor qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Text to speech