Ozarbayjon ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ichki qo‘shinlar qo‘mondoni general-leytenant Shahin Mamedovning O‘zbekistonga tashrif buyurdi // Togʻ bagʻrida dam oluvchilarning masʼuliyati // Oʻzbekiston chempionati musobaqasiga tayyorgarlik davom ettirilmoqda //Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlarida Milliy gvardiya, ichki ishlar hamda favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan fuqarolar xavfsizligi taʼminlanmoqda // Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan respublikamiz bo‘ylab tarbiyasi og‘ir va ko‘makka muxtoj yoshlar bilan, huquqni muxofaza qilish organlari hamda mahalla yettiligi hamkorligidagi manzilli ishlar amalga oshirilmoqda // Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun chaqirtirilgan yurtimiz o‘g‘lonlari "Vatanga qasamyod" qabul qilishdi. Shu munosabat bilan respublikamiz bo‘ylab barcha harbiy qism va bo‘linmalarda yosh askarlar va ularning yaqinlari ishtirokidagi tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi //  “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish tadbirlari jadallik bilan davom ettirilmoqda // Tashvish tugmasi orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra, Xorazm viloyati qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs, voqea joyida qo‘lga olindi // Namanganda harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari hamda keng jamoatchilik ishtirokida yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi // «Temurbeklar maktabi»: mardlik va vatanparvarlik maskani // Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / Toshkentda Open FC 35 aralash yakkakurashlar boʻyicha katta turnir boʻlib oʻtdi, unda Milliy gvardiya xodimi Azamat Nuftillayev chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi / / "qalqon" jamoat guruhi ("qalqon") oʻz faoliyatini boshladi / / milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida "Toʻmaris izdosh" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.) / / "Tarix mutaxassisi", "harbiy qoʻshiqning eng yaxshi ijrochisi"tanlovlarining respublika bosqichi yakunlandi, Harbiy xizmatchilar va Qurolli kuchlar xodimlari oʻrtasida" eng yaxshi yosh yozuvchi "va" eng yaxshi yosh shoir " / / "xalqlar doʻstligi" saroyida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshma oʻquv-taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi / / Nukusda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi / / “Xavfsiz mahalla-xavfsiz mamlakat!” profilaktik tadbirlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi Universitetida kursantlar qasamyod qabul qildi / / Milliy gvardiya tizimida ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi//Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Milliy gvardiya va Huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda 

Ўз O'z Ру En

Milliy gvardiya bo‘linmalaridagi harbiy xizmatchi va xodimlar bilan o‘tkazilgan huquqiy tayyorgarlik bo‘yicha tayyorlov kurslari muvaffaqiyatli yakunland

Xabaringiz bor, 2023 yil 12 may kuni davlatimiz Rahbari tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonunga asosan jamoat tartibini taʼminlash orqali aholining tinch va osuda hayoti uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Milliy gvardiyaga qo‘shimcha vakolatlar berildi.

Shu munosabat bilan, Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan  tizim nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qo‘llashga (vakolatiga ega) masʼul harbiy xizmatchi va xodimlarni huquqiy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi. 

Unga ko‘ra joriy yilning 22 may – 3 iyun kunlari O‘zbekiston Jamoat xavfsizligi universitetida tashkil etilgan tayyorlov kurslarida Milliy gvardiya tizimlarida faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar o‘zlarining huquqiy bilimlarini oshirdi. Shu bilan bir qatorda, kurslar tizimning hududiy boshqarmalarida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun ham onlayn tarzda amalga oshirildi.

Tinglovchilar Milliy gvardiya organlariga taalluqli bo‘lgan maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va yuritish  tartibi bo‘yicha o‘quv dasturiga asosan hamda  qonunda belgilangan maʼmuriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish vakolati berilgan mansabdor shaxslar bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan jadval asosida o‘qitildi.

O‘quv dasturining asosiy maqsadi – tinglovchilarda bilim, ko‘nikma va mahoratni rivojlantirib, yuqori masʼuliyat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va Milliy gvardiyasi oldiga qo‘yilayotgan vazifalarni bajara oladigan, harbiy faoliyat sohasidagi huquqiy-meʼyoriy hujjatlar talablarini biladigan hamda sifatli bajarilishini taʼminlay oladigan harbiy kadrlarni shakllantirishdir.

Tayyorlov kurslari uchun jami 50 soat ajratilib, unda tinglovchilarga darslar maʼruza, amaliy hamda guruh mashg‘ulotlari, munozara, shuningdek, mustaqil tayyorgarlik shaklida o‘tildi hamda amaliy mashg‘ulotlar uchun Ichki ishlar vazirligi, Prokuratura hamda Sud organlaridan mutaxassislar jalb etildi.

O‘quv kurslari yakunida sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar tantanali topshirildi.

Text to speech