“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida erta tongdan “Yangi Nafas – Ekiden” yugurish musobaqasi o‘tkazilmoqda. // Davlatimiz rahbarining ijtimoiy sohalar yo‘nalishida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosi  Milliy gvardiya qo‘mondoni nazorati ostida viloyatlar kesimidagi manzilli ishlar bilan davom ettirilmoqda. // Bugungi kunda Milliy gvardiya tizimida nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiylashuvini taʼminlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. // Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida navbatdagi tadbir tashkil etildi. // Milliy gvardiya Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasida oʻquvchi yoshlari ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. Tadbirning ikkinchi qismida umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinf oʻquvchilari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" boʻlib oʻtdi. // Oʻquvchilar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha Milliy gvardiya Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi boshligʻi kubogi uchun bahslar sektorlar kesimda bosqimcha-bosqich davom etmoqda. // Yosh gvardiyachilar harbiy-vatanparvarlik sinfi ochildi // Chinoz tumani Avg'on mahallasida joylashgan 26-sonli umumta'lim maktabida Milliy gvardiya tashabbusi bilan Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab bo'limi va ichki ishlar bo'limi hamkorligida "Yosh gvardiyachilar" sinfi tashkil etildi. // Ozarbayjon ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ichki qo‘shinlar qo‘mondoni general-leytenant Shahin Mamedovning O‘zbekistonga tashrif buyurdi // Togʻ bagʻrida dam oluvchilarning masʼuliyati // Oʻzbekiston chempionati musobaqasiga tayyorgarlik davom ettirilmoqda //Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlarida Milliy gvardiya, ichki ishlar hamda favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan fuqarolar xavfsizligi taʼminlanmoqda // Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan respublikamiz bo‘ylab tarbiyasi og‘ir va ko‘makka muxtoj yoshlar bilan, huquqni muxofaza qilish organlari hamda mahalla yettiligi hamkorligidagi manzilli ishlar amalga oshirilmoqda // Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun chaqirtirilgan yurtimiz o‘g‘lonlari "Vatanga qasamyod" qabul qilishdi. Shu munosabat bilan respublikamiz bo‘ylab barcha harbiy qism va bo‘linmalarda yosh askarlar va ularning yaqinlari ishtirokidagi tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi //  “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish tadbirlari jadallik bilan davom ettirilmoqda // Tashvish tugmasi orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra, Xorazm viloyati qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs, voqea joyida qo‘lga olindi // Namanganda harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari hamda keng jamoatchilik ishtirokida yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi // «Temurbeklar maktabi»: mardlik va vatanparvarlik maskani // Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / Toshkentda Open FC 35 aralash yakkakurashlar boʻyicha katta turnir boʻlib oʻtdi, unda Milliy gvardiya xodimi Azamat Nuftillayev chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi / / "qalqon" jamoat guruhi ("qalqon") oʻz faoliyatini boshladi / / milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida "Toʻmaris izdosh" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.) / / "Tarix mutaxassisi", "harbiy qoʻshiqning eng yaxshi ijrochisi"tanlovlarining respublika bosqichi yakunlandi, Harbiy xizmatchilar va Qurolli kuchlar xodimlari oʻrtasida" eng yaxshi yosh yozuvchi "va" eng yaxshi yosh shoir " / / "xalqlar doʻstligi" saroyida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshma oʻquv-taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi / / Nukusda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi / / “Xavfsiz mahalla-xavfsiz mamlakat!” profilaktik tadbirlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi Universitetida kursantlar qasamyod qabul qildi / / Milliy gvardiya tizimida ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi//Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Milliy gvardiya va Huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda 

Ўз O'z Ру En

Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun chaqirtirilgan yurtimiz o‘g‘lonlari "Vatanga qasamyod" qabul qilishdi. Shu munosabat bilan respublikamiz bo‘ylab barcha harbiy qism va bo‘linmalarda yosh askarlar va ularning yaqinlari ishtirokidagi tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi

“Vatanga Qasamyod” yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini himoya qilishdek muqaddas burchni ado etishga bel bog‘lagan har bir yurtimiz mard o‘g‘lonlarining tantanali vaʼdasi, shuningdek Vatan himoyasi yo‘lidagi masʼuliyatli va sharafli vazifani o‘zida mujassam etgan huquqiy hujjat bo‘lib, Qurolli Kuchlar safiga kirgan yosh harbiy xizmatchining hayotidagi unutilmas kun va tantanali vaʼdasi hisoblanadi.

Shu kunlarda Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya harbiy qism va muassasalariga 2024 yilda yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni Vatanga qasamyod qabul qilish marosimlariga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘lib o‘tgan tadbirlarda yosh askarlar qasamyodda bitilgan muqaddas so‘zlarni tilga olib, O‘zbekiston xalqiga va Prezidentiga sadoqatli bo‘lishga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini so‘zsiz va vijdonan bajarishga, xalq va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanali ravishda vaʼda berdilar. Tadbirda har bir yosh muddatli harbiy xizmatchilarga Prezident sovg‘asi, kitoblar jamlanmasi tantanali ravishda topshirildi.

Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismda bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi aʼzolari T.Karimov va F.Ashmatovlar, Bosh prokuror o‘rinbosari – Harbiy prokuror B.Kudratxodjayev, hamkor vazirlik mutasaddi rahbarlari va faxriylar, shuningdek yosh askarlarning yaqin qarindoshlari ishtirok etishdi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni Vatanga qasamyod qabul qilgan barcha yosh askarlarni hamda ularning tadbirda ishtirok etayotgan yaqinlarini samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, Muhtaram Prezidentimiz Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev so‘zlari bilan aytganda “Milliy armiyamiz va xalqimizning faol hamkorligi tufayli Qurolli Kuchlarimiz - mamlakatimiz taraqqiyoti, tinchligi va barqarorligining ishonchli kafolatiga, chinakam jasorat va matonat maktabiga aylanmoqda, deb aytishga barcha asoslarimiz bor”.

Milliy gvardiya bo‘linmalarida muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun kirishayotgan yosh o‘g‘lonlar bir yil qisqa vaqt bo‘lsada, har bir daqiqadan unumli foydalangan holda komandirlar tomonidan beriladigan harbiy bilim va ko‘nikmalarni mustahkam egallab Davlatimiz rahbari tomonidan Milliy gvardiyaga bildirilgan ishonch va uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, “Burch, Sadoqat, Jasorat” shioriga munosib xizmat qilishlariga ishonch bildirildi.

Tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar xalqimiz tinchiligi va osoyishtaligini, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlashdek sharafli va masʼuliyatli vazifaga otlanayotgan o‘g‘lonlarimizga omad tiladi. Joylarda bo‘lib o‘tgan yosh askarlarning harbiy qasamyod qabul qilish marosimlariga jamoatchilik vakillari, ota-onalar, o‘quvchi yoshlar tashrif buyurishdi.

Eʼtiborlisi shundaki bir oy davomida harbiy xizmatga ko‘nikma hosil qila olgan yosh askarlarning qurol bilan taktik harakatlarni amalga oshirishni, “qo‘l jangi” usullarini, “Faxriy qorovul” saf elementlarini o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmali chiqishlari barchani birdek hayratda qoldirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘z farzandlarining yigitlik burchini ado etishga kirishganini ko‘rgan ota-onalar qalblari faxr iftixorga to‘ldi.

Marosim so‘ngida harbiy orkestr ijrosidagi musiqali va Milliy gvardiya ansambli sanʼatkorlarining vatanni madh etuvchi kuy qo‘shiqlari havola etilib barchaga birdek bayramona kayfiyat ulashdi.

Text to speech