Uyali telefon o‘g‘irlaganlikda gumonlanuvchi shaxs voqea joyida qo‘lga olindi
Qo‘qon shahrida 7 aprel kuni soat taxminan 13.30 larda "Yoyma bozor" hududida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga masʼul bo‘lgan Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va Ichki ishlar organlari xodimlariga fuqaro N. H. notanish erkak sumkasidan "Samsung Galaxy J6" brendidagi qiymati 1 600 000 ( bir million olti yuz ming) so‘m bo‘lgan uyali telefonini o‘g‘irlaganini aytib murojaat qildi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida IIB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari gumondorni taʼqib qilib, voqea joyida qo‘lga olishdi. Dastlabki surishtiruv natijasida mazkur shaxs Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi, muqaddam sudlangan 32 yoshli S. A. ekanligi maʼlum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari IIB xodimlari tomonidan olib borilmoqda