RUHIY BARQARORLIK MASHG‘ULOTLARI

Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi malakali psixologlari tomonidan shaxsiy tarkibning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, favqulodda holatlarni, shuningdek stress, depressiya hamda boshqa turli ko‘rinishdagi holatlarni oldini olish maqsadida ayol harbiylari ishtirokida psixokorreksion trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Shuningdek, ayol harbiy xizmatchilarning xizmat hamda shaxsiy hayotlaridagi muvaffaqiyat, xotirjamlik, ruhiy yengillik kabi tuyg‘ularini oshirish maqsadida psixologik mashg‘ulotlar ham olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech