Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri o‘tkazildi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanloviga start berildi // Sirdaryo viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining jangovar shayligi va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.// Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarmalari o‘rtasida mini-futbol turniri o‘tkazildi. // Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya xodimlari “Men donorman” xayriya aksiyasida faol ishtirok etishmoqda ishtirok etishdi // Huquq-tartibot idoralari xodimlarining oila a'zolari ishtirokida bayram tadbirlari // Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari// Maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan “Harbiy qismda bir kun” loyihasi // Davlatimiz rahbari topshirigʻi bilan joylarda respublika ishchi guruhi tomonidan aholini ijtimoiy qoʻllab quvvatlashga qaratilgan manzilli ishlar davom ettirilmoqda. Mazkur ishchi guruh tarkibida boʻlgan Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari boshchiligidagi sohaga oid mutaxassislar tomonidan Samarqand viloyati boʻylab mahallalar kesimidagi zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. // Joriy yilning 2-4 may kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida bo'lib o'tgan "Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar" festivalida Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari yuqori natijalarni qo'lga kiritishdi. // Milliy madaniyatimiz va tariximizni oʻrganish-Vatanga boʻlgan muhabbatimizni yanada oshiradi// Ayol harbiy xizmatchi va xodimalar hamda yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi // «Yosh gvardiyachi» harbiy-sport musobaqasi // Umumiy ovqatlanish maskanidagi bir guruh shaxslarning o‘zaro janjali “tashvish” xabari orqali yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etildi // Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida hamda barcha hududiy boshqarmalarda "Burch, Sadoqat, Jasorat" shiori ostida yangi 2024-2025 o‘quv yiliga bag‘ishlangan maʼnaviyat darsi bo‘lib o‘tdi 

Ўз O'z Ру En

Surxondaryoda Milliy gvardiyaga qabul qilingan inspektor-psixologlar xizmat vazifasini bajarishga kirishdi

Davlatimiz rahbari boshchiligida joriy yilning 5 fevral kuni o‘tkazilgan ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazildi.

Inspektor-psixologlarning asosiy vazifasi, o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasini tashkil etishda maktab jamoalariga yaqindan ko‘maklashish, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlashdan iborat.

Ushbu vazifalarni samarali ijro etilishini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiyaning respublikamiz bo‘yicha boshqarmalarida inspektor-psixologlar uchun seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilib, ularga Milliy gvardiyaga qabul qilinganligi bo‘yicha xizmat guvohnomalari topshirilmoqda.

Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida bo‘lib o‘tdi. Unda 85 nafar inspektor-psixologlarga Milliy gvardiya xizmat guvohnomalari topshirildi.

Shuni alohida taʼkidlashimiz kerakki, endilikda maktab direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, Chaqiriqqa qadar yoshlarni tayyorlash bo‘yicha o‘rinbosarlari, psixolog va sinf rahbarlarining o‘quvchilar maʼnaviyatini yuksaltirish va darslardagi ishtiroki, taʼlim-tarbiya ishlarini hamohang tashkil etishga doir masʼuliyati yana-da oshiriladi. Ota-onalar va mahalla faollari ishtirokidagi “maktab — ota-ona — mahalla” hamkorligi uzviy tashkil etiladi.

O‘quvchilarning darsda muntazam ishtirokini taʼminlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun to‘garak va mashg‘ulotlarni ko‘paytirish, ushbu jarayonlarga ota-onalar va hududdagi faol fuqarolarni keng jalb etish bo‘yicha manzilli ishlar olib boriladi.

Text to speech