Gvardiyachilarning jangovar, jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazildi //  “Saf tayyorgarligi bo‘yicha eng ilg‘or bo‘linma” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi va g‘oliblar aniqlandi. // Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi tinglovchilariga sertifikat topshirildi. // Jamoat xavfsizligi universitetida sportning shaxmat turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi o‘tkazildi.  //  Milliy gvardiya faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi // Muhandislik sohasida respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi // Bir mlrd so‘mlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. // Vatan himoyachilari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash Milliy armiyamizni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. // Qo‘l jangi bo‘yicha boshqarma boshlig‘i kubogi g‘oliblari aniqlandi. // Respublikamiz bo‘ylab jamoat joylarida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. // Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida tahsil olgan bitiruvchilarga sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // “Eng ilg‘or saf tayyorgarligi bo‘linmasi” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. // Shaxsiy tarkibning jangovar salohiyati, jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligini o‘rganish va takomillashtirishga qaratilgan manzilli ishlar qo‘mondon tomonidan davom ettirilmoqda // Kavaleriya bo‘linmalari mutaxassislari uchun ot sporti bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tdi. // Oliy va o‘rta maxsus taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari davomida jamoat tartibi ishonchli taʼminlanmoqda. // “O‘tkir tig‘–2025” xalqaro snayperlar musobaqasida O‘zbekiston Milliy gvardiyasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. // Milliy gvardiya bo‘linmalarining jangovar salohiyati, shaxsiy tarkibning jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar. // “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” chempionlar ligasi xalqaro turniri va “Qo‘l jangi sport majmuasi” binosining ochilish marosimi o‘tkazildi.  // Xitoyda bo‘lib o‘tgan “O‘tkir tig‘–2025” xalqaro snayperlar musobaqasida O‘zbekiston Milliy gvardiyasi 1-o'rinni egalladi // Milliy gvardiya boʻlinmalarining jangovar salohiyati, shaxsiy tarkibning jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar davom ettirilmoqda. // "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Milliy gvardiya tomonidan vatanparvarlik va sport tadbirlari tashkil etilmoqda // Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida tahsil olgan navbatdagi bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi. // Milliy gvardiya va boshqa kuch tuzilmalari hamkorligida maxsus taktik-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. // Savdo majmualari va bozorlarda jamoat tartibi hamda yong‘in xavfsizligini taʼminlash maqsadida hamkorlikda profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda. // Kuch tuzilmalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining viloyat bosqichi o‘tkazildi. //  Xorazmda Milliy gvardiya va boshqa kuch tuzilmalari hamkorligida maxsus taktik-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi // Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash, infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi  / / Kuch tuzilmalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining viloyat bosqichi o‘tkazildi  / / Xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan gvardiyachi qizlar munosib rag‘batlantirildi / /   Davlatimiz rahbari Bokudagi G‘alaba bog‘ida Ozarbayjon fidoyilarini xotirladi  / / "So‘ragan edingiz" dasturining navbatdagi sonida jazirama kunlari amal qilinishi lozim bo‘lgan tavsiyalarga rioya etish hamda issiq urishidan saqlanish bo‘yicha savollarga Milliy gvardiyaning Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi Tibbiyot xizmati boshlig‘i javob berdi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Bokuga keldi  / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi / /   Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan kurash bo‘yicha “Milliy gvardiya birinchiligi” yakunlandi va g‘oliblar aniqlandi. // “O‘ta muhim va toifalangan obyektlar xavfsizligi tizimini texnik taʼminlash: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. // Otaliqqa olingan yoshlar uchun G‘alaba bog‘ida barpo etilgan “Xotira nuri” kompozitsiyasi va “Millat fidoyilari” xiyoboniga sayohat tashkillashtirildi // “Harbiy oilalar bilan ishlashning o‘ziga xos modullari, indikatorlari va sharqona motivlari” mavzusidagi o‘quv yig‘ini o‘tkazildi. // Milliy gvardiya va Buyuk Britaniya Qirollik polki harbiy orkestrlari jamoalarining ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. // “Regbi-15” sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Milliy gvardiya jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi //  “Yosh gvardiyachilar” harbiy sport musobaqasining Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat bosqichlari oʻtkazilmoqda. / /Muddatli harbiy xizmatchilar bilan o'q otish va maxsus tayyorgarlik mashgʻulotlari olib borilmoqda. / / Milliy gvardiya tizimida maʼnaviy – maʼrifiy ishlarni tashkil etishni yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan oʻquv seminari o’tkazildi. / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida uchuvchisiz uchish apparatlari mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha navbatdagi oʻquv yigʻini yakunlandi. / / Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtashga bel bogʻlagan yosh askarlar Vatanga qasamyod qilishdi. / / Milliy gvardiya faoliyatiga doir 2025 yil uchun belgilab olingan ustuvor vazifalar ijrosiga qaratilgan navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat yig‘ilishi o‘tkazildi. / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Kinologiya xizmati jamoasi “Oʻzbekiston сhempionati – 2025” koʻrgazmasida turli nominatsiyalar boʻyicha faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

“Til - millat va maʼanviyat ko‘zgusi!” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va maʼnaviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va moʻtabardir.

Qadim turkiy tilimizni ilk bor ilmiy asosda tadqiq etgan buyuk alloma Mahmud Qoshg‘ariyning: «Erdam boshi tildur», yaʼni «Barcha ezguliklar tildan boshlanur», degan so‘zlarida teran haqiqat mujassam. Darhaqiqat, odamzot qalbidagi jamiki olijanob fazilatlar ona tilining betakror moʻjizasi, sehri va jozibasi bilan kamolga yetadi.

Xalqimiz tafakkurining tiniq ko‘zgusi bo‘lgan bu bebaho xazinani asrab-avaylash va rivojlantirish bugungi kundagi eng sharafli vazifalarimizdan biridir.

Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bobomizning: «Tilga eʼtibor – elga eʼtibor», degan dono o‘gitlariga amal qilgan holda, yurtimizda til masalasida olib borilayotgan davlat siyosati inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan tub islohotlarimizga har tomonlama uyg‘un va hamohangdir.

Taʼkidlash kerakki, ushbu sana har yili butun respublikamiz bo‘ylab o‘zgacha kayfiyatda nishonlanadi. Jumladan, “Turon” axborot kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va “Turon” axborot kutubxona markazi hamkorligida 21 oktyabr “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Til - millat va maʼnaviyat ko‘zgusi” mavzusidagi insholar tanlovi hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi “Turon” axborot kutubxona markazi rahbariyati, Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” va “Harbiy musiqa” akademik litseyi o‘quvchilari hamda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Ushbu tadbirga tashrif buyurganlar dastlab Abdulla Qodiriy memorial muzeyi faoliyati bilan tanishdilar.

Shundan so‘ng, Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” va “Harbiy musiqa” akademik litseyi o‘quvchilari hamda muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Til - millat va maʼnaviyat ko‘zgusi” mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Insholar tanlovida ishtirok etganlar tilimizning paydo bo‘lishi va shakllanish tarixi, o‘zbek tili rivoji va taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar va islohotlar bo‘yicha o‘z fikr mulohazalirini bildirdilar.

Tadbirning badiiy qismda esa, Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi harbiy akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan o‘zbek tili rivojiga hissa qo‘shgan buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi, Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan badiiy va musiqiy chiqishlar yig‘ilganlar eʼtiboriga havola etildi.

Tadbir so‘ngida Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” va “Harbiy musiqa” akademik litseyi o‘quvchilari hamda muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Til - millat va maʼnaviyat ko‘zgusi” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovining yakuniy natijalari eʼlon qilinib, g‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Text to speech