Davlatimiz rahbari Bokudagi G‘alaba bog‘ida Ozarbayjon fidoyilarini xotirladi (https://t.me/shmirziyoyev/28198) / / "So‘ragan edingiz" dasturining navbatdagi sonida jazirama kunlari amal qilinishi lozim bo‘lgan tavsiyalarga rioya etish hamda issiq urishidan saqlanish bo‘yicha savollarga Milliy gvardiyaning Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi Tibbiyot xizmati boshlig‘i javob berdi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Bokuga keldi (https://t.me/shmirziyoyev/28124) / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi / /   Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan kurash bo‘yicha “Milliy gvardiya birinchiligi” yakunlandi va g‘oliblar aniqlandi. // “O‘ta muhim va toifalangan obyektlar xavfsizligi tizimini texnik taʼminlash: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. // Otaliqqa olingan yoshlar uchun G‘alaba bog‘ida barpo etilgan “Xotira nuri” kompozitsiyasi va “Millat fidoyilari” xiyoboniga sayohat tashkillashtirildi // “Harbiy oilalar bilan ishlashning o‘ziga xos modullari, indikatorlari va sharqona motivlari” mavzusidagi o‘quv yig‘ini o‘tkazildi. // Milliy gvardiya va Buyuk Britaniya Qirollik polki harbiy orkestrlari jamoalarining ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. // “Regbi-15” sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Milliy gvardiya jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi //  “Yosh gvardiyachilar” harbiy sport musobaqasining Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat bosqichlari oʻtkazilmoqda. / /Muddatli harbiy xizmatchilar bilan o'q otish va maxsus tayyorgarlik mashgʻulotlari olib borilmoqda. / / Milliy gvardiya tizimida maʼnaviy – maʼrifiy ishlarni tashkil etishni yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan oʻquv seminari o’tkazildi. / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida uchuvchisiz uchish apparatlari mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha navbatdagi oʻquv yigʻini yakunlandi. / / Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtashga bel bogʻlagan yosh askarlar Vatanga qasamyod qilishdi. / / Milliy gvardiya faoliyatiga doir 2025 yil uchun belgilab olingan ustuvor vazifalar ijrosiga qaratilgan navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat yig‘ilishi o‘tkazildi. / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Kinologiya xizmati jamoasi “Oʻzbekiston сhempionati – 2025” koʻrgazmasida turli nominatsiyalar boʻyicha faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

Yangi O‘zbekiston qizlari – yangi zafarlar zaminida! Xalqaro musobaqalarda  g‘olib bo‘lgan gvardiyachi qizlar munosib rag‘batlantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida joriy yilning 13-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida   sportni milliy ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, uni vatanparvarlikni mustahkamlash, kuchli avlod tarbiyasi va mamlakat obro‘sini xalqaro maydonda yuksaltirishning strategik omili sifatida muhim vazifalar belgilab berildi.
Mazkur vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan Milliy Olimpiya qo‘mitasi va Sport vazirligining qo‘llab-quvvatlashi samarasida Milliy gvardiyada ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilib, iqtidorli yoshlarni topish, olimpiya sport turlariga tayyorlash, ularni va murabbiylarni rag‘batlantirish borasida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Buning natijasida, joriy yilning 28-iyun – 7-iyul kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqalarida O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi tarkibida uch nafar gvardiyachi qizlar munosib ishtirok etishdi va  Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Navbahor Hamidova mazkur toifadagi musobaqaning final jangida olimpiada va uch karra jahon chempioni turkiyalik Busenaz Surmenelini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib oltin medalni qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik bokschi qizga aylandi. 
Mazkur musobaqada 29 davlatdan 300 ga yaqin sportchilar o‘zaro bellashib, unda  terma jamoamiz vakillari  5 ta (1 ta oltin, 4 ta bronza) medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa,  yana ikki nafar gvardiyachi qizlar Soxiba Ro‘zmetova va Oltinoy Sotimboyevalar 3-o‘rinlarni egallab, bronza medali sohibasi bo‘lishdi.  
Ushbu Jahon kubogi musobaqalarida erishilgan yutuqlar “Los-Anjeles-2028” olimpiya o‘yinlariga qo‘yilgan muhim qadam bo‘lib, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan sportchilarning to‘plagan reyting ballariga  ko‘ra  Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beriladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, boks bo‘yicha ayollar milliy terma jamoasining murabbiyi podpolkovnik Elshod Rasulov ham Milliy gvardiya safida xizmat qilish bilan birga sport sohasida ayollar gender tengligini ta’minlagan holda mamlakatimiz ravnaqiga munosib xissasini qo‘shib kelmoqda.
Bu yutuqlar, avvalo,  Davlatimiz rahbarining  barcha sohalar kabi sportda ham yurtimiz ayollariga alohida g‘amxo‘rlik qilib kelayotganliklari samarasidir.  Bunday e’tiborning mahsuli esa albatta nufuzli xalqaro musobaqalardagi  yorqin g‘alabalarda aks etmoqda.
Xususan, joriy yilning 27-iyun – 8-iyul kunlari Qirg‘iz Respublikasining Cho‘lpon-ota shahrida sportning biatlon turi bo‘yicha Osiyo kubogi o‘tkazildi. Ushbu musobaqada 6 ta davlatdan tashrif buyurgan 17 ta professional sportchi ishtirok etib, unda O‘zbekiston Milliy terma jamoasi vakili, Milliy gvardiya   harbiy xizmatchisi Oydina Ikramova  3 km masofada faxrli 1-o‘rinni, 5 km masofada faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgani fikrimizning yaqqol dalilidir.
Gvardiyachi qizlarning erishgan g‘alabalari – bu shunchaki g‘alaba emas, balki yurtimiz sport salohiyatining, ayollarimiz matonati va irodasining amaldagi isbotidir. 
Shu sababli bugun Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev yuqorida sanab o‘tilgan xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari va ularning murabbiylari bilan  uchrashib, samimiy tilaklarini bildirdi. Tadbir so‘ngida sportchi va murabbiylar qo‘mondon buyrug‘i bilan munosib rag‘batlantirildi.

 

 

 

 

Text to speech