Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri o‘tkazildi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanloviga start berildi // Sirdaryo viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining jangovar shayligi va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.// Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarmalari o‘rtasida mini-futbol turniri o‘tkazildi. // Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya xodimlari “Men donorman” xayriya aksiyasida faol ishtirok etishmoqda ishtirok etishdi // Huquq-tartibot idoralari xodimlarining oila a'zolari ishtirokida bayram tadbirlari // Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari// Maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan “Harbiy qismda bir kun” loyihasi // Davlatimiz rahbari topshirigʻi bilan joylarda respublika ishchi guruhi tomonidan aholini ijtimoiy qoʻllab quvvatlashga qaratilgan manzilli ishlar davom ettirilmoqda. Mazkur ishchi guruh tarkibida boʻlgan Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari boshchiligidagi sohaga oid mutaxassislar tomonidan Samarqand viloyati boʻylab mahallalar kesimidagi zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. // Joriy yilning 2-4 may kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida bo'lib o'tgan "Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar" festivalida Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari yuqori natijalarni qo'lga kiritishdi. // Milliy madaniyatimiz va tariximizni oʻrganish-Vatanga boʻlgan muhabbatimizni yanada oshiradi// Ayol harbiy xizmatchi va xodimalar hamda yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi // «Yosh gvardiyachi» harbiy-sport musobaqasi // Umumiy ovqatlanish maskanidagi bir guruh shaxslarning o‘zaro janjali “tashvish” xabari orqali yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etildi // Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida hamda barcha hududiy boshqarmalarda "Burch, Sadoqat, Jasorat" shiori ostida yangi 2024-2025 o‘quv yiliga bag‘ishlangan maʼnaviyat darsi bo‘lib o‘tdi 

Ўз O'z Ру En

Yosh chavandozlar yuksak marralarni zabd etmoqda

Joriy yilning 9-10 iyun kunlari Germaniya davlatining Xagin shahrida joylashgan “Hof kasselman Hagen” ot sporti majmuasida ot sportining to‘siqlardan sakrash turi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida CSIY “Future Champions” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada dunyoning 22 ta davlatidan tashrif buyurgan 363 nafar sportchi chavandozlar ishtirok etib, ular orasidan ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining sportchi chavandozi Abdullayev Abdurahmon to‘siqlarning balandligi 140 sm bo‘lgan yo‘nalishda yuqori natijalarni ko‘rsatib 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2021 yilning 17-20 iyun kunlari Polsha shahrida bo‘lib o‘tgan Millatlar kubogida Abdullayev Abdurahmon 1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, joriy 2021 yilning 23-26 iyun kunlari Moskva shahri (RF)da joylashgan “Otrada” ot sporti majmuasida ot sportining to‘siqlardan sakrash turi bo‘yicha CSI-1W, CSI1 Gold tour (Millatlar kubogi, Yevrosiyo ligasi va Jahon kubogiga saralash bosqichi) musobaqalari o‘tkazildi.

Mazkur musobaqalarda ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining sportchi chavandozlari Gaziyev Baxromjon 2-3-o‘rinlarni, Sobirjonov Oqiljon 3-o‘rinni, Tolibbayev Aʼzam 1-2-o‘rinlarni hamda Kamilov Umid 1-2-o‘rinlarni va Turg‘unboyev Saidamirxon 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, Vatanimiz shaʼnini munosib himoya qilishmoqda.

Text to speech