Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri o‘tkazildi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanloviga start berildi // Sirdaryo viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining jangovar shayligi va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.// Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarmalari o‘rtasida mini-futbol turniri o‘tkazildi. // Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya xodimlari “Men donorman” xayriya aksiyasida faol ishtirok etishmoqda ishtirok etishdi // Huquq-tartibot idoralari xodimlarining oila a'zolari ishtirokida bayram tadbirlari // Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari// Maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan “Harbiy qismda bir kun” loyihasi // Davlatimiz rahbari topshirigʻi bilan joylarda respublika ishchi guruhi tomonidan aholini ijtimoiy qoʻllab quvvatlashga qaratilgan manzilli ishlar davom ettirilmoqda. Mazkur ishchi guruh tarkibida boʻlgan Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari boshchiligidagi sohaga oid mutaxassislar tomonidan Samarqand viloyati boʻylab mahallalar kesimidagi zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. // Joriy yilning 2-4 may kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida bo'lib o'tgan "Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar" festivalida Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari yuqori natijalarni qo'lga kiritishdi. // Milliy madaniyatimiz va tariximizni oʻrganish-Vatanga boʻlgan muhabbatimizni yanada oshiradi// Ayol harbiy xizmatchi va xodimalar hamda yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi // «Yosh gvardiyachi» harbiy-sport musobaqasi // Umumiy ovqatlanish maskanidagi bir guruh shaxslarning o‘zaro janjali “tashvish” xabari orqali yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etildi // Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida hamda barcha hududiy boshqarmalarda "Burch, Sadoqat, Jasorat" shiori ostida yangi 2024-2025 o‘quv yiliga bag‘ishlangan maʼnaviyat darsi bo‘lib o‘tdi 

Ўз O'z Ру En

YОSHLAR BANDLIGINI TAʼMINLASH YO‘LIDA

Joriy yilning 14 fevral kuni Navoiy viloyatida Milliy gvardiya, Harbiy prokuratura, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamkorligida ehtiyojmand oilalarni va uyushmagan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni harbiy qism va muassasalardagi bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish orqali bandligini taʼminlashga ko‘maklashish maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda 50 nafar ishsiz va uyushmagan yoshlarga viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, uning tuman va shahar bo‘limlarida hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. Shu joyning o‘zida ularning 44 nafari bilan mehnat shartnomasi imzolanishiga erishildi.

Shuningdek, Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi tarkibidagi harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatiga 90 dan ortiq uyushmagan yoshlarga kasbiy tanlovda ishtirok etish uchun yo‘llanmalar berilib, tadbirga tanlov hayʼati tarkibi ham taklif etildi va xizmatga kirish istagidagi har bir nomzod bilan o‘tkazilgan tanlovning suhbat bosqichida 40 nafar yoshlar muvaffaqiyatli o‘tishdi. Yaqin kunlarda ularning jismoniy tayyorgarlik sinovini yaxshi baholarga topshirganlari xizmatga qabul qilinadi.

Text to speech