⚡️ 2022-2026-yillarda Yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasini belgilash va uni amalga oshirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi / Tajovuzkorni hibsga olgan Yangiyo'l tumani Qo'riqlash xizmati xodimlari rag'batlantirildi / Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan ötkazilmoqda / Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun sport va madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda

BUYUK BRITANIYA QUROLLI KUCHLARI DAVLAT VAZIRI BILAN UCHRASHUV

Joriy  yilning 21 sentyabr' kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qurolli kuchlari vaziri Jeyms Hippi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga tashrif buyurdi. Delegasiyani Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik M. G`aniev qabul qildi. Bu uchrashuvda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Tim Torlot ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda  tomonlar hukumatlar o‘rtasida o‘rnatilgan ishonchli muloqot O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ko‘p tomonlama strategik hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga hissa qo‘shishini ta'kidlab, hamkorlikning muhimligi alohida qayd etildi.

Suhbat davomida ikki tomonlama harbiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, Britaniya vakili O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Do‘stona muhitda o‘tgan uchrashuv doirasida oliy martabali mehmon Milliy gvardiyaning “faxriy mehmonlar kitobi”ga ezgu tilaklarini yozib qoldirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech