⚡️ 2022-2026-yillarda Yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasini belgilash va uni amalga oshirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi / Tajovuzkorni hibsga olgan Yangiyo'l tumani Qo'riqlash xizmati xodimlari rag'batlantirildi / Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan ötkazilmoqda / Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun sport va madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda

HARBIY-TEXNIK HAMKORLIKNI XALQARO DARAJADA TAKOMILLASHTIRISH

Joriy yilning 17 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy harbiy kengashining qurol, harbiy texnika va texnologiyalarni rivojlantirish Bosh boshqarmasi qurol, harbiy texnika
va texnologiyalar bo‘yicha hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Fan Szyanszyu bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi harbiy attashesi polkovnik Otabek Shamsiyev, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa sanoati davlat qumitasining vakillari, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi harbiy attashesi katta polkovnik Du Xunde va Xitoy delegatsiyasi aʼzolari ishtirok etdilar.

Suhbat chog‘ida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik keng ko‘lamdagi o‘zaro aloqalarni qamrab olgani, do‘stona va o‘zaro manfaatli ekanini taʼkidladilar.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Xitoy Xalq qurollangan militsiyasi o‘rtasida harbiy va harbiy-texnik sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning bugungi holati
va istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida bir qator qo‘shma amaliy tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi, jumladan tajriba almashish bo‘yicha treninglar, qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari va hk.

Uchrashuv o‘zaro do‘stona muloqot muhitida bo‘lib o‘tdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech