Ўзбекистонлик спортчилар қўл жанги бўйича халқаро чемпионатда 18 та олтин медални қўлга киритишди ва умумжамоа ҳисобида ҳам 1-ўринни эгаллашди. // Жамоат хавфсизлиги университети вакили лейтенант Алина Ҳакимова Триатлон бўйича Халқаро чемпионатда тўрт маротаба ҳам биринчи ўринни эгаллади. Миллий гвардия Самарқанд вилояти бўйича ҳарбий хизматчилари эстафетада ғолиб чиқиб, биринчи ўринни қўлга киритишди.

HAMKORLIKNING ZAMONAVIY SHAKLI

Joriy yilning 22 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev va Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ichki qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor N.Karpenkov o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat jarayonida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli barcha faoliyat yo‘nalishlari, jumladan, taʼlim va kadrlarni tayyorlash sohasida tajriba almashish ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni belarussiyalik hamkasblariga o‘zbek o‘g‘lonlarining 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi davrida ko‘rsatgan qahramonliklari haqidagi arxiv hujjatlarini yuborganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuv anʼanaviy tarzda iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech