Ўзбекистонлик спортчилар қўл жанги бўйича халқаро чемпионатда 18 та олтин медални қўлга киритишди ва умумжамоа ҳисобида ҳам 1-ўринни эгаллашди. // Жамоат хавфсизлиги университети вакили лейтенант Алина Ҳакимова Триатлон бўйича Халқаро чемпионатда тўрт маротаба ҳам биринчи ўринни эгаллади. Миллий гвардия Самарқанд вилояти бўйича ҳарбий хизматчилари эстафетада ғолиб чиқиб, биринчи ўринни қўлга киритишди.

O‘ZBEK-BRITANIYA HAMKORLIGINING HARBIY SOHADAGI YANGI BOSQICHI

Joriy yil 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Janubiy Osiyo va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat vaziri Lord Ahmad Uimbldon rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida, oldindan erishilgan kelishuvlarga muvofiq, oliy martabali mehmonning O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasidagi doimiy muloqot tufayli harbiy, harbiy-texnikaviy va huquqni muhofaza qilish sohalaridagi hamkorlikning yuqori darajasiga erishilganligi, bu o‘z navbatida, xavfsizlik yo‘nalishidagi aloqalarni yana-da mustahkamlash imkonini berayotganligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, ikki tomonlama do‘stona aloqalarning holati to‘g‘risida fikr almashilib, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Mudofaa vazirligi o‘rtasida 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasi imzolandi.

Iliq va do‘stona muhitda o‘tkazilgan uchrashuv so‘ngida yuqori martabali mehmon O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining faxriy mehmonlari kitobida samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech