⚡️ 2022-2026-yillarda Yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasini belgilash va uni amalga oshirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi / Tajovuzkorni hibsga olgan Yangiyo'l tumani Qo'riqlash xizmati xodimlari rag'batlantirildi / Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan ötkazilmoqda / Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun sport va madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda

TAʼLIM SOHASIDA TURKIYA RESPUBLIKASI BILAN OʻZARO HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLASH

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Turkiya jandarmeriyasi bilan oʻzaro hamkorlikning turli yoʻnalishlari, jumladan, taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash borasida izchil ishlar olib bormoqda.
Erishilgan kelishuvlarga muvofiq, joriy yilning 8-17 avgust kuniga qadar Turkiya Respublikasida Milliy gvardiya qoʻmondonligi boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti delegatsiyasining javob tashrifi boʻlib oʻtmoqda.
Tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qoʻmondoni armiya generali Arif Chetin hamda Turkiya Respublikasi IIV Jandarmeriya va Sohil xavfsizligi Akademiyasi boshligʻi general-mayor Murat Bulut bilan uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikning holati yuzasidan fikr almashildi, shuningdek kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar natijasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va Turkiya Respublikasi IIV Jandarmeriya va Sohil xavfsizligi Akademiyalari oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi, bu esa oʻz navbatida taʼlim muassasalari oʻrtasidagi ilmiy va oʻquv hamkorlikni yanada mustahkamlashga, hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminar va treninglar oʻtkazishga xizmat qiladi.
Tashrif dasturiga koʻra delegatsiya Turkiya Respublikasi IIV Jandarmeriya va Sohil xavfsizligi Akademiyasi faoliyati, kriminologiya, jangovar, maxsus, muhandislik va saper hamda oʻquv jarayonining boshqa yoʻnalishlari bilan tanishdi.
Tashrif anʼanaviy tarzda iliq va doʻstona muhitda boʻlib oʻtmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech