Ўзбекистонлик спортчилар қўл жанги бўйича халқаро чемпионатда 18 та олтин медални қўлга киритишди ва умумжамоа ҳисобида ҳам 1-ўринни эгаллашди. // Жамоат хавфсизлиги университети вакили лейтенант Алина Ҳакимова Триатлон бўйича Халқаро чемпионатда тўрт маротаба ҳам биринчи ўринни эгаллади. Миллий гвардия Самарқанд вилояти бўйича ҳарбий хизматчилари эстафетада ғолиб чиқиб, биринчи ўринни қўлга киритишди.

MILLIY GVARDIYA QO‘MONDONI TURKIYA IIV JANDARMERIYA VA SOHIL XAVFSIZLIGI AKADEMIYASI BOSHLIG‘I BILAN UCHRASHDI

Milliy gvardiya va Turkiya Jandarmeriyasi hamkorligi doirasida joriy yil 26 iyul – 2 avgust kunlari Turkiya Respublikasi IIV Jandarmeriya va Sohil xavfsizligi Akademiyasi boshlig‘i general-mayor Murat Bulut boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, turk delegatsiyasi aʼzolari O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va Milliy gvardiya ixtisoslashtirilgan o‘quv markazining faoliyati va taʼlim jarayoni, shuningdek infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.

27 iyul kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev hamda general-mayor Murat Bulutlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar, shuningdek, taʼlim va harbiy kadrlarni tayyorlash sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish muhimligini taʼkidladilar.

Turkiya tomoni Milliy gvardiya taʼlim muassasalarining mavjud salohiyatiga yuqori baho berib, taʼlim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish sohalarida o‘zaro tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Milliy gvardiya va Turkiya Jandarmeriyasi taʼlim muassasalari o‘rtasida yaqin va samarali muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech