BOLGARIYADA BOKSCHILARIMIZ NAVBATDAGI G‘ALABAGA ERISHDI
O‘zbekiston sport sohasida, ayniqsa boks sport turi bo‘yicha jahonda yuqori cho‘qqilarni zabt etmoqda. Vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarilishida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining hissasi borligidan faxrlanamiz.
Kuni kecha Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha o‘tayotgan anʼanaviy “Stranja” turnirida 3 nafar harbiy xizmatchimiz g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning uchinchi kunida vazni 69 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Bobousmon Baturov armanistonlik Gurgen Modoyanga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Shuningdek, vazni 91 kilogrammdan ortiq bo‘lgan Bahodir Jalolov esa fransiyalik Murad Aliyevni 5:0 hisobida yengdi.
Qizlar o‘rtasida esa Rayhona Qodirova mezbonlar vakilasi Aslaxan Mehmedovaga qarshi muvaffaqiyatli jang o‘tkazib navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Xizmatdoshlarimizni g‘alaba bilan muborakbod etib, kelgusi janglarda ulkan zafarlar tilab qolamiz.