Oʻzbekiston chempionati musobaqasiga tayyorgarlik davom ettirilmoqda //Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlarida Milliy gvardiya, ichki ishlar hamda favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan fuqarolar xavfsizligi taʼminlanmoqda // Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan respublikamiz bo‘ylab tarbiyasi og‘ir va ko‘makka muxtoj yoshlar bilan, huquqni muxofaza qilish organlari hamda mahalla yettiligi hamkorligidagi manzilli ishlar amalga oshirilmoqda // Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun chaqirtirilgan yurtimiz o‘g‘lonlari "Vatanga qasamyod" qabul qilishdi. Shu munosabat bilan respublikamiz bo‘ylab barcha harbiy qism va bo‘linmalarda yosh askarlar va ularning yaqinlari ishtirokidagi tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi //  “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish tadbirlari jadallik bilan davom ettirilmoqda // Tashvish tugmasi orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra, Xorazm viloyati qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs, voqea joyida qo‘lga olindi // Namanganda harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari hamda keng jamoatchilik ishtirokida yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi // «Temurbeklar maktabi»: mardlik va vatanparvarlik maskani // Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / Toshkentda Open FC 35 aralash yakkakurashlar boʻyicha katta turnir boʻlib oʻtdi, unda Milliy gvardiya xodimi Azamat Nuftillayev chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi / / "qalqon" jamoat guruhi ("qalqon") oʻz faoliyatini boshladi / / milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida "Toʻmaris izdosh" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.) / / "Tarix mutaxassisi", "harbiy qoʻshiqning eng yaxshi ijrochisi"tanlovlarining respublika bosqichi yakunlandi, Harbiy xizmatchilar va Qurolli kuchlar xodimlari oʻrtasida" eng yaxshi yosh yozuvchi "va" eng yaxshi yosh shoir " / / "xalqlar doʻstligi" saroyida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshma oʻquv-taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi / / Nukusda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi / / “Xavfsiz mahalla-xavfsiz mamlakat!” profilaktik tadbirlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi Universitetida kursantlar qasamyod qabul qildi / / Milliy gvardiya tizimida ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi//Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Milliy gvardiya va Huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda 

Ўз O'z Ру En

Chapdastlik va epchillik namoyishi

Sariosiyo tumanidagi Bog‘iston mahallasi kengliklarida uloq-ko‘pkari musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi, qator tumanlar hokimliklari, Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Sariosiyo, Denov, Oltinsoy va Uzun  tumanlaridan 150 dan ortiq chavondoz ishtirok etdi.  

Jasurlik, mardlik, epchillik, qatʼiyatlilik kabi yuksak fazilatlarni namoyon etgan qadimiy chavandozlik sport o‘yinini mingdan ortiq muhlislar katta qiziqish bilan kuzatib, eng epchil chavondozlarni olqishlab turdi.  

Viloyatda so‘nggi yillarda yilqichilik yangi bosqichda rivojlanib, zotdor otlarni parvarishlashga qiziqish oshib bormoqda. Uloq-ko‘pkari sport o‘yini yana-da ommaviylashib, chavondozlar va yosh ishqibozlarning eng suyukli mashg‘ulotlaridan biriga aylanayotir.  

Prezidentimizning joriy yil 5 avgustdagi “Surxondaryo viloyatida qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ommalashtirish hamda ot sporti turlarini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yana-da kengaytirib, qadimiy bu sport turiga yoshlar intilishini oshirishga xizmat qilmoqda.  

Mazkur hujjatga muvofiq Termiz tumanidagi Yangiobod mahallasida 64,6 gektar hududda Qorabayir otlari mahorat maktabi tashkil etilib, yosh chavondozlarni tarbiyalash, milliy ot sporti musobaqalarini o‘tkazish, Qorabayir zotli otlardan foydalanishni ommalashtirish va milliy ot sportining xalqaro dovrug‘ini dunyoga keng tarannum etish uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Moddiy-texnika bazasi mustahkamlanayotir. Tumanlarda Qorabayir zotli otlardan foydalanishga ixtisoslashgan seksiya va ot sporti klublari tashkil etilib, yuqori malakali trenerlar tayyorlashga eʼtibor kuchaytirilmoqda. Ot sporti bo‘yicha mahalla, tuman va viloyat musobaqalari o‘tkazilib, eng chapdast chavondozlar munosib rag‘batlantirilayotir.

Qiziqarli bellashuvlarga boy bo‘lgan sport o‘yinida sariosiyolik Nosir chavondoz ot va televizor bilan taqdirlandi. Denovlik Begin chavondoz Sariosiyo tumanidagi “Tumor” laqabli otda tuyani qo‘lga kiritdi. Sariosiyolik Halim chavondoz bir bosh qo‘y va 1 million so‘m pul mukofotiga egalik qildi.  

Musobaqaning boshqa epchil chavondozlari ham uloq-ko‘pkari tashkilotchilari tomonidan munosib rag‘batlantirildi.  

Milliy sport o‘yinida eng ko‘p uloq ayirib, chapdastlik va epchillik ko‘rsatgan sariosiyolik chavandozlar musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.  

Text to speech