⚡️ 2022-2026-yillarda Yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasini belgilash va uni amalga oshirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi / Tajovuzkorni hibsga olgan Yangiyo'l tumani Qo'riqlash xizmati xodimlari rag'batlantirildi / Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan ötkazilmoqda / Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun sport va madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda

EZGU ISHGA QO‘L URAYOGAN OLIYJANOB YURTDOSHLARIMIZ SAY-HARAKATLARI TUFAYLI XORAZM VILOYATI VA QORAQOLPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA MEHRIBONLIK UYLARI ESHIKLARI YOPILDI

 

Yurtboshimiz tashabbusi bilan joriy qilingan yangi tizim, bag‘rikeng halqimizga yana-da shijoat baxsh etdi. Oliyjanob xalqimiz tomonidan qo‘l urilayotgan ezgu ishlar samarasida, o‘z oilasiga ega bo‘layotgan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari qalbi quvonchga to‘lmoqda.

Xususan, Buxoro viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi M.Rahmatullayev “Bolalar uyi”dan besh nafar tarbiyalanuvchilarni o‘z qaramog‘iga olgan bo‘lsa, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tuman IIB profilaktika inspetori A.Atamurodov o‘z oilasiga 5 nafar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini qabul qildi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida istiqomat qiluvchi Axmedovlar oilasi ham mehrga tashna qalb egalariga mehr-muruvvat ko‘rsatish maqsadida "Bolalar shaharchasi"dan 6 nafar o‘g‘il-qizni o‘z bag‘riga olishdi. Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatida bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida 21 nafar tarbiyalanuvchilar o‘z oilasiga ega bo‘lishdi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, bolajon halqimizning ezgulik yo‘lidagi say-haraktlari natijasida Xorazm viloyati va Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi Mehribonlik uylari eshiklari butkul yopildi.

Eslatib o‘tamiz, shu kungacha Navoiy, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi Mehribonlik uylari, o‘z faoliyatlarini yakunlagan edi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech