HAMKORLIKDAGI AMALIY MASHG‘ULOTLAR
Yong‘in xavfsizligini taʼminlash har qachon dolzarb ahamiyatga egadir. Chunki kelib chiqish sababi va joyidan qatʼiy nazar, sodir bo‘lgan yong‘inlar hamma vaqt mamlakat va aholi uchun og‘ir falokatlardan biri bo‘lib kelgan.
Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida ham shaxsiy tarkibni yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, yong‘in kelib chiqishini oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan o‘quv-amaliy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘linmasi xodimlari tomonidan yong‘in xafvsizligi qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlar hamda tavsiyalar, shuningdek, yong‘inga qarshi texnik himoya jixozlari, yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari hamda fuqarolar mol-mulkini evakuatsiya qilish choralari to‘g‘risida tushunchalar berilib, amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlandi.
Mashg‘ulot ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.