Ko‘pkari - mardlar bahs

Ayni kunlarda ot sportiga bo‘lgan qiziqish va eʼtibor kundan kunga ortmoqda. Mamlakatimiz bo‘ylab harbiy sportchilar va havaskor chavandozlar ishtirokida uloq-ko‘pkari musobaqasi davomiy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi harbiy xizmatchilari va xodimlari tomonidan Chortoq tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabiga qarashli “Gulshan” o‘yingohida uyushmagan yoshlar hamda aholi o‘rtasida uloq ko‘pkari musobaqasi tashkil etildi.

Bellashuv davomida sportchilarimiz yaxshi tayyorgarlik va yuqori mahoratga ega ekanliklarini amalda namoyon etdilar.

Millatimizning azaliy qadriyatlarini keng tarannum etgan mazkur musobaqa so‘nggida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech