⚡️ 2022-2026-yillarda Yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasini belgilash va uni amalga oshirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi / Tajovuzkorni hibsga olgan Yangiyo'l tumani Qo'riqlash xizmati xodimlari rag'batlantirildi / Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan ötkazilmoqda / Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun sport va madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda

"Mening armiyam- mening faxrim" shiori ostida yoshlar aksiyasi o‘tkazildi.

Kuni kecha “Yoshlar oyligi” doirasida Guliston shahrida joylashgan 16-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida "Mening armiyam- mening faxrim" shiori ostida yoshlar aksiyasi o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar milliy armiyamizning yurt tinchligi, vatan osoyishtaligi, sarhadlarimiz daxlsizligi yo‘lidagi o‘rni va ahamiyati, davlatimiz rahbari tomonidan sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqidagi muhim fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan harbiy texnika, qurol-aslahalar, otliqlar va boshqa turdagi ko‘rgazmalar yoshlarning xotirasida unutilmas taassurot qoldirib, harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech