Togʻ bagʻrida dam oluvchilarning masʼuliyati // Oʻzbekiston chempionati musobaqasiga tayyorgarlik davom ettirilmoqda //Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlarida Milliy gvardiya, ichki ishlar hamda favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan fuqarolar xavfsizligi taʼminlanmoqda // Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan respublikamiz bo‘ylab tarbiyasi og‘ir va ko‘makka muxtoj yoshlar bilan, huquqni muxofaza qilish organlari hamda mahalla yettiligi hamkorligidagi manzilli ishlar amalga oshirilmoqda // Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun chaqirtirilgan yurtimiz o‘g‘lonlari "Vatanga qasamyod" qabul qilishdi. Shu munosabat bilan respublikamiz bo‘ylab barcha harbiy qism va bo‘linmalarda yosh askarlar va ularning yaqinlari ishtirokidagi tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi //  “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish tadbirlari jadallik bilan davom ettirilmoqda // Tashvish tugmasi orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra, Xorazm viloyati qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs, voqea joyida qo‘lga olindi // Namanganda harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari hamda keng jamoatchilik ishtirokida yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi // «Temurbeklar maktabi»: mardlik va vatanparvarlik maskani // Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / Toshkentda Open FC 35 aralash yakkakurashlar boʻyicha katta turnir boʻlib oʻtdi, unda Milliy gvardiya xodimi Azamat Nuftillayev chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi / / "qalqon" jamoat guruhi ("qalqon") oʻz faoliyatini boshladi / / milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida "Toʻmaris izdosh" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.) / / "Tarix mutaxassisi", "harbiy qoʻshiqning eng yaxshi ijrochisi"tanlovlarining respublika bosqichi yakunlandi, Harbiy xizmatchilar va Qurolli kuchlar xodimlari oʻrtasida" eng yaxshi yosh yozuvchi "va" eng yaxshi yosh shoir " / / "xalqlar doʻstligi" saroyida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshma oʻquv-taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi / / Nukusda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi / / “Xavfsiz mahalla-xavfsiz mamlakat!” profilaktik tadbirlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi Universitetida kursantlar qasamyod qabul qildi / / Milliy gvardiya tizimida ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi//Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Milliy gvardiya va Huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda 

Ўз O'z Ру En

Milliy gvardiya qo‘mondonining 14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchi va xodimlar, xizmat vaqtida xalok bo‘lganlar hamda ularning oila aʼzolariga, shuningdek tizim faxriylariga bayram tabrigi NUTQIDAN

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlarini, taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilarini, kursant va o‘quvchilarini, soha faxriylarini, ishchi-xizmatchilarni hamda ularning oila aʼzolarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan samimiy tabriklayman.  

So‘zim avvalida, Muhtaram Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida “O‘zbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir aʼzosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo‘lida tinimsiz izlanyapmiz” deb aytgan so‘zlarida eslatib o‘tmoqchiman.

Darhaqiqat, tinch va osoyishta yurtdagina islohotlar amalga oshiriladi, taraqqiyot hamda yuksalish bo‘ladi. Shu bois, oxirgi yetti yilda Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda keng islohotlar amalga oshirilib, davlatimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligini himoya qilishga qodir tizim yaratildi.

Milliy gvardiya tizimida ham tub islohatlar amalga oshirilib qisqa vaqt ichida jamoat xavfsizligini taʼminlashda respublikamizda muhim bo‘g‘inga aylandi.

Buning uchun Milliy gvardiya bo‘linmalari zarur bo‘lgan barcha zamonaviy qurol-aslaha, texnika, maxsus va shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlandi.

Shaxsiy tarkibning jangovar va ruhiy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida, o‘quv dasturlari, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarining 50 foizi qayta ko‘rib chiqilib, o‘zgartirildi.

Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida ilg‘or horijiy davlatlar tajribalari o‘rganish uchun 2022-yil mobaynida xorijiy hamkorlar 23 ta davlat va 8 ta xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda jami 216 ta xalqaro hamkorlik tadbirlari tashkil etildi.

Belarus IIV, Turkiya Jandarmeriyasi va AQSH Qurolli kuchlari Maxsus bo‘linmasi mutaxassislari ishtirokida mamlakatimizda 8 ta amaliy o‘quv treninglar, 3 ta qo‘shma amaliy o‘quvlar, boshqa xorijiy davlatlarining huquqni muhofaza qilish tuzilmalari vakillari bilan 61 ta o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, 833 nafar harbiy xizmatchilarning malakasi oshirildi.

Hozirda shaxsiy tarkibning tayyorlash qamrovini yana-da kengaytirish uchun xorijiy mutaxassislarni taklif etib, mashg‘ulotlarni bo‘linmalarning o‘zida tashkil etish yo‘lga qo‘yildi.

Bu Milliy gvardiya bo‘linmalarining jangovar salohiyati va vaziyatning keskin o‘zgarish jarayonlarida tezkorlik bilan taʼsir ko‘rsatish imkoniyatlari oshishiga xizmat qilmoqda. 

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 29 noyabr kunidagi 27-son Farmoniga asosan, hozirda Milliy gvardiya bo‘linmalari Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi 163 ta bozorlar, 48 ta xiyobonlar, 58 ta istirohat bog‘lari, shuningdek, ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan 245 ta obyektlarda jamoat tartibini saqlash vazifalarini mustaqil ravishda bajarib, ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Bunga o‘tgan yili o‘tkazilgan nufuzli Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining Samarqand sammitini yuqori saviyada, xavfsiz o‘tkazilishini taʼminlashda Milliy gvardiya shaxsiy tarkibining xizmatlarini alohida eʼtirof etish lozim.

Shu asosda Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati boshqarmasida yangi turizm obyektlarini xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha bo‘limini tashkil etdik.

Yana bir muhim vazifalarimizdan bo‘lgan kriminogen vaziyatli mahallalarda hamkor vazirlik va idoralar bilan olib borgan samarali ishlar natijasida 5401 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatildi, 3768 nafar ishsizlarning bandligi taʼminlandi, shulardan 413 nafari uyushmagan yoshlardir.

2022 yilning o‘zida 138 nafar temir daftarda193 nafar yoshlar daftarida, 208 nafar ayollar daftarlarida ro‘yxatda turganlar hisobdan chiqarildi.

Bunda, Milliy gvardiyaning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan Qo‘riqlash tizimi xodimlarining o‘rni beqiyosdir.

2022 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi, Qo‘riqlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda keng imkoniyatlar yaratib berdi.

Natijada, o‘tgan yil davomida qo‘riqlovdagi obyektlar soni 20 foizga (43 049 tadan 49 812 taga), xonadonlar soni 45 foizga ko‘payib (16 759 tadan 24 256 taga) jami 74 000 dan ortdi.

Hududlarda jamoat tartibini saqlash samaradorligini oshirish maqsadida, 6 ta viloyatlarning 11 ta tumanlarida Qo‘riqlash xizmatining munitsipal qo‘riqlash-patrul guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasida zamonaviy Situatsion markazlari tashkil etilib, jamoat xavfsizligini taʼminlashda hamkor vazirlik va idoralarning kuch-vositalarni samarali boshqarish, vaziyatga tezkor taʼsir ko‘rsatish tizimi yaratildi.

 Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

Bugungi kunda yuqori natijalarga erishishda kadlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish muhim sanaladi.

Shu bois, Milliy gvardiya tizimidagi taʼlim muassasalarini ilg‘or xalqaro standartlar asosida shakllantirib, yetuk kadrlarni yetkazib berish tizimini yo‘lga qo‘ydik.

Markaziy Osiyoda yagona va ilmiy salohiyati bo‘yicha respublikamizda yetakchilardan biri O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida barcha kuch tuzilmalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun professional kadrlar tayyorlanmoqda.

Milliy gvardiyaning ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent mintaqaviy o‘quv markazlarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib, 2022 yilda 8107 nafar yetuk kadrlar tayyorlanib, Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yetkazib berildi. 2023 yilda 11913 nafar kadrlarni o‘qitish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari yosh kadrlar zaxirasi bo‘lgan Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi faoliyati takomillashtirilib, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 3 avgustdagi 344-son qarori bilan litseyning qabul kvotasi 100 tadan 150 taga oshirildi. O‘tgan yilda Temurbeklar maktabini tamomlagan 106 nafar o‘quvchilarning 92 foizi Respublikaning oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi va respublikadagi eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16-fevraldagi 129-son qarori bilan Milliy gvardiya Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi sifatida qayta tashkil etilib, hozirgi kunda 5-9-sinflarida 347 nafar, 1-kursda  31 nafar, 2-kursda 21 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda.

Bundan tashqari respublikamizdagi 56 ta maktablarda harbiy-vatanparvarlikka ixtisoslashtirilgan 273 ta sinflar joriy etilib (7,8,9,10,11-sinflarda), bunda 7267 nafar o‘quvchilar maxsus dasturlar asosida tayyorlanmoqda.

Darxaqiqat, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dolzarb hisoblanib, bu borada yoshlarni bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanishlarini taʼminlash uchun 2021 yildan hozirgi kunga qadar sport seksiyalar soni 68 000 dan 82 267 taga oshirildi, bunga 2 million 400 dan ortiq yoshlar jalb etildi.

Milliy gvardiya tizimida sportning Kamondan otish, ot sporti va qo‘l jangi turlarini ommalashtirish va rivojlantirish natijasida sportchilarimiz respublika va xalqaro arenalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqdalar. Shu o‘rinda, kuni kecha mamlakatimizning kuch tuzilmalari birinchiligi uchun o‘tkazilgan Qo‘l jangi musobaqasida Milliy gvardiya jamoasi ilk bor faxrli 2 o‘rinni egalladi.

(2022 yilda respublika miqiyosida 44 ta oltin, 31 ta kumush, 38 ta bronza medallar, jahon arenalarida 14 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronza medallar qo‘lga kiritilgan).

Yana bir muxim masala, Davlatimiz rahbari tomonidan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy muhofazasini taʼminlash va oila muhitida barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha Milliy gvardiyaga topshirilgan masʼuliyatli vazifalar ijrosi to‘g‘risida aytib o‘tish o‘rinlidir.

Respublikamizda mavjud mehribonlik uylari va bolalar muassasalaridagi 2243 nafar  tarbiyalanuvchilarning oila bag‘riga qaytarilganligi, 21 ta Mehribonlik muassasalarining faoliyati tugatilganligi katta natija hisoblanadi.

Qolgan 3 ta Mehribonlik muassasasidagi 275 nafar tarbiyalanuvchi hamda 9 ta Bolalar uylaridagi 326 nafar bolalar hamda 138 ta Oilaviy bolalar uylaridagi  824 nafar tarbiyalanuvchilarga alohida eʼtibor qaratish, ularning mukammal tarbiyalanishlari uchun sharoitlar yaratib berish bizning asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.

 Hurmatli hamkasblar!

Milliy gvardiya tizimida harbiy xizmatchi va xodimlarning ijtimoiy himoyalash, yashashi va xizmat o‘tashi uchun qulay sharoitlarni yaratish muhim hisoblanadi.

2022 yilda 61 ta bino va inshootlarda kapital qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi, 3 ta xizmat uylari foydalanishga topshirildi.

Yangi barpo etilib topshirilgan 3 ta “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi”, 4 ta sport zal hamda “Yoshlar innovatsion maskani” va “Bolalar psixologiyasi markazi” xodimlar
va ularning oila aʼzolari va yoshlar uchun xizmat qilmoqda.

O‘tgan yil davomida 558 nafar harbiy xizmatchilarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida uylar, yengil avtomashina xaridi uchun 300 ta imtiyozli kreditlar, oila aʼzolariga sanatoriylarida dam olishi uchun 317 ta imtiyozli yo‘llanmalar ajratildi.

Harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlari oliy taʼlim muassasalariga imtiyoz asosida o‘qishga kirishi uchun 652 ta tavsiyanomalar berildi.

718 nafar harbiy xizmatchilarning rafiqalari ishga joylashtirildi.

Nafaqaga chiqqan harbiy xizmatchilarning 967 nafari ish bilan taʼminlandi.

O‘tgan 4 yil davomida 145 nafar harbiy xizmatchi va xodimlar davlat mukofotlari bilan 2922 nafari turli darajadagi davlatimizning ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Kuni kecha Davlatimiz rahbari tomonidan 17 nafar harbiy xizmatchi va xodimlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ularning 4 nafari shaxsan Muxtaram Prezidentimiz qo‘llaridan mukofotlarni qabul qilib olish baxtiga muyassar bo‘lishdi.

Hurmatli hamkasblar, erishilgan natijalarimiz bilan bir qatorda, oldimizda muhim vazifalarni amalga oshirish turganligini eslatib o‘tmoqchiman.

Kecha Davlatimiz rahbari Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida murakkab xalqaro vaziyat, xavfsizlikka nisbatan xavf xatar va tahdidlarning kuchayishi Markaziy Osiyoda ham kuzatilayotganligini inobatga olib quyidagi dolzarb vazifalarni belgilab berdilar:

Qurolli Kuchlarni raqamlashtirishni jadallashtirish, vazirlik va idoralarning barcha axborot resurslarini yagona xavfsiz axborot maydoniga birlashtirish;

harbiy taʼlim dasturlarini ilg‘or tajriba asosida yangilash, pedagoglar malakasini oshirish;

mamlakatimizning safarbarlik sohasidagi tayyorgarligi va hududiy mudofaasini tashkil etish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish;

harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy va jangovar tayyorgarligini kuchaytirish, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish;

dunyoda ro‘y berayotgan gibrid xarakterdagi qurolli to‘qnashuvlar tahlili Qurolli Kuchlarimiz jangovar qobiliyatini oshirishni taqazo etadi, shu bois milliy armiyani zamonaviy texnikalar bilan taʼminlash dolzarb ekanligi taʼkidlandi.

Biz har qanday vaziyatda ham O‘zbekistonning davlat suvereniteti, sarhadlari daxlsizligi va hududiy yaxlitligini taʼminlashimiz shart. Bu – bizning  tarix va kelajak avlodlar oldidagi muqaddas burchimiz va majburiyatimizdir, deb alohida eʼtirof etdilar.

Shunday ekan, Milliy gvardiya tizimida ham belgilangan vazifalarni to‘liq ijrosini taʼminlash, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligi, bilim va malakasi, dunyoqarashini yuksaltirish, ijtimoiy himoyalash masalalariga muhim ahamiyat beriladi.

Ishonchim komil, barchangiz Davlatimiz rahbari va xalqimizning Milliy gvardiyaga bo‘lgan ishonchini oqlab, yurtimiz ravnaqi va xavfsizligini taʼminlash uchun sadoqat bilan xizmat qilasiz.

Yana bir muhim masala! Milliy gvardiya saflarida vatanimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi uchun o‘z jonini qurbon qilib qahramonlarcha halok bo‘lgan safdoshlarimiz Xusniddin Suyarov, Hazrat Suyunov, Ravil Vasilev, Maʼruf Mamatov, Abdulxodi Abdulvoxidov, Alisher Hamdamov, Ibroxim Normetov, Ixtiyor Xakimov kabi mard o‘g‘lonlarimizning yorqin xotirasini yodimizda saqlab ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish muqaddas burchimizdir.
Ularning matonati va jasorati barchamizga, ayniqsa yoshlar uchun har tomonlama o‘rnak va namuna bo‘ladi.

Hurmatli Vatan himoyachilari, Sizlarni va sizlar orqali barcha yaqinlaringizni yana bir bor Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan samimiy tabriklayman.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilangizga farovonlik, Vatan himoyasi yo‘lidagi sharafli xizmatingizda kuch-quvvat va zafarlar tilayman.

 

Text to speech