Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida tinglovchilarni qasamyod qabul qilish va navbatdagi bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. // Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan Regbi-7 xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi va turnir davomida yetakchilik qilib kelgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. // Ot poygasi bo‘yicha jahon chempionati // Sportning "O‘q otish" turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi bahslari bo‘lib o‘tdi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanlovida Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi // Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining oila aʼzolari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan «Yangi O‘zbekistonning ibratli harbiylar oilasi» ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi // Voleybol bo`yicha milliy gvardiya kubogi musobaqalari // Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri o‘tkazildi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanloviga start berildi // Sirdaryo viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining jangovar shayligi va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.// Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarmalari o‘rtasida mini-futbol turniri o‘tkazildi. // Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya xodimlari “Men donorman” xayriya aksiyasida faol ishtirok etishmoqda ishtirok etishdi // Huquq-tartibot idoralari xodimlarining oila a'zolari ishtirokida bayram tadbirlari // Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari// Maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan “Harbiy qismda bir kun” loyihasi // Davlatimiz rahbari topshirigʻi bilan joylarda respublika ishchi guruhi tomonidan aholini ijtimoiy qoʻllab quvvatlashga qaratilgan manzilli ishlar davom ettirilmoqda. Mazkur ishchi guruh tarkibida boʻlgan Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari boshchiligidagi sohaga oid mutaxassislar tomonidan Samarqand viloyati boʻylab mahallalar kesimidagi zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. // Joriy yilning 2-4 may kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida bo'lib o'tgan "Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar" festivalida Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari yuqori natijalarni qo'lga kiritishdi. // Milliy madaniyatimiz va tariximizni oʻrganish-Vatanga boʻlgan muhabbatimizni yanada oshiradi// Ayol harbiy xizmatchi va xodimalar hamda yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi // «Yosh gvardiyachi» harbiy-sport musobaqasi // Umumiy ovqatlanish maskanidagi bir guruh shaxslarning o‘zaro janjali “tashvish” xabari orqali yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etildi // Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida hamda barcha hududiy boshqarmalarda "Burch, Sadoqat, Jasorat" shiori ostida yangi 2024-2025 o‘quv yiliga bag‘ishlangan maʼnaviyat darsi bo‘lib o‘tdi 

Ўз O'z Ру En

Milliy gvardiya hududiy bo‘linmalari tomonidan umumtaʼlim maktablarda vatanparvarlik va sport tadbirlari tashkil etildi.

Toshkent shahri

Milliy gvardiyaning zamonaviy futbol o‘yingohida yoshlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i kubogi bo‘lib o‘tdi.

Unda jami 8 ta jamoa ishtirok etib, g‘oliblik uchun kuch sinashdilar.

Musobaqaning final uchrashuvida o‘zaro to‘qnashgan 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va muddatli harbiy xizmatchilar jamoalari tomoshabinlarga hayajonli 30 daqiqani taqdim etishdi. Yakuniy natijaga ko‘ra 2:0 hisobida tarbiyalanuvchilar jamoasi musobaqaning g‘oliblik shohsupasini qo‘lga kiritdi.

Yakunda g‘olib jamoalarga boshqarma boshlig‘ining kubogi, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

———

Sirdaryo viloyati

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, muassasada dam olish kunini mazmunli va maroqli o‘tkazilishini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilari va Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari bilan o‘zaro sport musobaqalari o‘tkazildi.

Ushbu sport tadbirlari davomida ishtirokchilar sportning futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi, tosh ko‘tarish va arqon tortish turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Musobaqa yakunida faol ishtirok etgan bolalarga faxriy yorliqlar topshirildi.

————

Jizzax viloyati

Joriy yilning 12 fevral kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabda "Sport sog‘liq garovi" shiori ostida qo‘l jangi sport turi bo‘yicha tumaning 14-16 yoshli bolalar o‘rtasida "Tuman birinchiligi" musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur tadbirga yosh sportchilarlar keng jalb qilinib, ularning har biriga o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi

————

Xorazm viloyati

Joriy yilning 12-fevral kuni Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan

“Gulchilar”, “Istiqlol” va “Gulshan” MFYning uyishmagan yoshlarini dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sportning voleybol,stol tennisi, shaxmat-shashka hamda mini futbol turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

————

Farg‘ona viloyati

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan Farg‘ona shahridagi 16-sonli umumtaʼlim maktabi hududidagi sport majmuasida “Oybek”, “Bahor”, “Yoshlar” MFYning uyushmagan yoshlarini jamlab, ularni sog‘lom hayot tarziga jalb qilish va sportni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, shashka hamda turnikka tortinish bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida birdamlikni oshirib, yangi do‘stlar orttirish uchun keng zamin yaratdi.

————

Navoiy viloyati

Yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan sportning Futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Text to speech