O‘zbek tili bayrami bilan yurtdoshlarimizni tabriklaymiz! / / Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / Toshkentda Open FC 35 aralash yakkakurashlar boʻyicha katta turnir boʻlib oʻtdi, unda Milliy gvardiya xodimi Azamat Nuftillayev chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi / / "qalqon" jamoat guruhi ("qalqon") oʻz faoliyatini boshladi / / milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida "Toʻmaris izdosh" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.) / / "Tarix mutaxassisi", "harbiy qoʻshiqning eng yaxshi ijrochisi"tanlovlarining respublika bosqichi yakunlandi, Harbiy xizmatchilar va Qurolli kuchlar xodimlari oʻrtasida" eng yaxshi yosh yozuvchi "va" eng yaxshi yosh shoir " / / "xalqlar doʻstligi" saroyida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshma oʻquv-taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi / / Nukusda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi / / “Xavfsiz mahalla-xavfsiz mamlakat!” profilaktik tadbirlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi Universitetida kursantlar qasamyod qabul qildi / / Milliy gvardiya tizimida ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi//Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Milliy gvardiya va Huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda 

Ўз O'z Ру En

Milliy gvardiya qo‘mondonligi va Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan maxsus filiali talabalari ishtirokida "Milliy gvardiya va yoshlar" shiori ostida Yoshlar press-klubi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berish va malakali kadr bo‘lib yetishishlari uchun berilayotgan keng imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishga yo‘naltirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, poytaxtimizda tashkil etilgan Milliy gvardiya va yoshlar ishtirokidagi press klub ham shular jumlasidandir. Bitiruvchi talabalarni kasbga yo‘naltirish hamda tashkil etilgan Jamoat xavfsizligi universiteti faoliyati to‘g‘risida batafsil maʼlumot berish maqsadida o‘tkazilgan ushbu uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

Yoshlar bilan kechgan ochiq muloqot davomida mutaxassislar tomonidan o‘quvchilarni va ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob berish bilan bir qatorda yoshlarning muammo va takliflari diqqat bilan tinglandi va ularning yechimini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar shu joyning o‘zida belgilab olindi.

Asosiysi talabalar o‘qishni tamomlagandan so‘ng mutaxassisliklari bo‘yicha keyingi faoliyatlarini davom ettirish borasida keng tushunchalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, anjumanda nafaqat bunday uchrashuvlar, balki xizmat faoliyati bilan ham bevosita tanishtirish borasida media turlar tashkil etilishi ham aytib o‘tildi.

Press klub so‘ngida faol yoshlar tashakkurnoma bilan taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alar topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek, 23-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnati mahsulotlaridan tashkil etilgan ko‘rgazma ham talaba yoshlar xotirasida iliq taassurotlar qoldirdi.

Text to speech