Muqaddam giyohvand moddalar savdosi uchun sudlangan fuqaro qo‘lga olindi
Joriy yilning 8 mart kuni soat taxminan 10:00larda Shayxontohur tumani hududidagi "Chorsu buyum bozori"da xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan muqaddam O‘R JKning 276-moddasi bilan sudlangan, 41 yoshli fuqaro Sh.M. to‘xtatilib tekshirilganda, yonidan 4 dona “Regapen” psixotrop dori vositasi borligi aniqlangan.
Fuqaro Sh.M.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida Shayxontohur tumani IIB JQB xodimlariga xabar berilgan va tegishli tartibda topshirilgan.
Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari IIB xodimlari tomonidan olib borilmoqda.