Noqonuniy yo‘llar orqali olib o‘tilgan maishiy texnikalar aniqlandi
Viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari va Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida maishiy texnikalarni noqonuniy olib o‘tishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi. 37 yoshli fuqaro D.Q.ning “Cobalt” rusumli avtomashinasi tekshirilganda avtoulov ichida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 52 million 500 ming so‘m bo‘lgan 35 dona "Smart TV"televizorlar mavjudligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari Bojxona organlari tomonidan olib borilmoqda.