Pora evaziga o‘qishga kiritishni vaʼda qilgan shaxs jinoyat ustida qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentga fuqaro M.T. murojaat qilib, qizi Qo‘qon tibbiyot kollejiga o‘qishga kirish imtihonlarida yetarli ball ololmagani va Sharofiddin ismli shaxs o‘zini ushbu kollejning o‘qituvchisi deb tanishtirib, qizini 300 AQSH dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgani to‘g‘risida maʼlumot bergan.
47 yoshli kollej o‘qituvchisi T.Sh. o‘z xizmat xonasida belgilangan pulni olayotgan vaqtida Departament xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan amalga oshirilmoqda.