Poytaxtimizda Surxondaryo viloyati huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.
Joriy yilning 9 mart kuni Uchtepa tumani “O‘rikzor” savdo majmuasi hududida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan yuzdan tanib oluvchi kameralari orqali qidiruvda bo‘lgan shaxs aniqlanib, qo‘lga olingan. Dastlabki surishtiruv ishlarida huquqbuzar Surxondaryo viloyati IIB tomonidan 21.12.2022 yil qidiruvga berilgan 35 yoshli M.P ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilmoqda.