«Yosh gvardiyachi» harbiy-sport musobaqasi // Umumiy ovqatlanish maskanidagi bir guruh shaxslarning o‘zaro janjali “tashvish” xabari orqali yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etildi // Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida hamda barcha hududiy boshqarmalarda "Burch, Sadoqat, Jasorat" shiori ostida yangi 2024-2025 o‘quv yiliga bag‘ishlangan maʼnaviyat darsi bo‘lib o‘tdi // Toshkent shahrida Milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbir natijasida zargarlik do‘konidan o‘g‘irlangan 49 million so‘mlik tilla buyumlari o‘z egasiga qaytarildi.// “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi // Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi tungi reyd tadbirlari davom ettirilmoqda // “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida erta tongdan “Yangi Nafas – Ekiden” yugurish musobaqasi o‘tkazilmoqda. // Davlatimiz rahbarining ijtimoiy sohalar yo‘nalishida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosi  Milliy gvardiya qo‘mondoni nazorati ostida viloyatlar kesimidagi manzilli ishlar bilan davom ettirilmoqda. // Bugungi kunda Milliy gvardiya tizimida nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiylashuvini taʼminlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. // Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida navbatdagi tadbir tashkil etildi. // Milliy gvardiya Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasida oʻquvchi yoshlari ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. Tadbirning ikkinchi qismida umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinf oʻquvchilari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" boʻlib oʻtdi. // Oʻquvchilar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha Milliy gvardiya Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi boshligʻi kubogi uchun bahslar sektorlar kesimda bosqimcha-bosqich davom etmoqda. // Yosh gvardiyachilar harbiy-vatanparvarlik sinfi ochildi // Chinoz tumani Avg'on mahallasida joylashgan 26-sonli umumta'lim maktabida Milliy gvardiya tashabbusi bilan Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab bo'limi va ichki ishlar bo'limi hamkorligida "Yosh gvardiyachilar" sinfi tashkil etildi. // Ozarbayjon ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ichki qo‘shinlar qo‘mondoni general-leytenant Shahin Mamedovning O‘zbekistonga tashrif buyurdi // Togʻ bagʻrida dam oluvchilarning masʼuliyati // Oʻzbekiston chempionati musobaqasiga tayyorgarlik davom ettirilmoqda //Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlarida Milliy gvardiya, ichki ishlar hamda favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan fuqarolar xavfsizligi taʼminlanmoqda // Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan respublikamiz bo‘ylab tarbiyasi og‘ir va ko‘makka muxtoj yoshlar bilan, huquqni muxofaza qilish organlari hamda mahalla yettiligi hamkorligidagi manzilli ishlar amalga oshirilmoqda // Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun chaqirtirilgan yurtimiz o‘g‘lonlari "Vatanga qasamyod" qabul qilishdi. Shu munosabat bilan respublikamiz bo‘ylab barcha harbiy qism va bo‘linmalarda yosh askarlar va ularning yaqinlari ishtirokidagi tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi //  “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish tadbirlari jadallik bilan davom ettirilmoqda // Tashvish tugmasi orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra, Xorazm viloyati qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs, voqea joyida qo‘lga olindi // Namanganda harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari hamda keng jamoatchilik ishtirokida yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi // «Temurbeklar maktabi»: mardlik va vatanparvarlik maskani // Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / Toshkentda Open FC 35 aralash yakkakurashlar boʻyicha katta turnir boʻlib oʻtdi, unda Milliy gvardiya xodimi Azamat Nuftillayev chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi / / "qalqon" jamoat guruhi ("qalqon") oʻz faoliyatini boshladi / / milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida "Toʻmaris izdosh" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.) / / "Tarix mutaxassisi", "harbiy qoʻshiqning eng yaxshi ijrochisi"tanlovlarining respublika bosqichi yakunlandi, Harbiy xizmatchilar va Qurolli kuchlar xodimlari oʻrtasida" eng yaxshi yosh yozuvchi "va" eng yaxshi yosh shoir " / / "xalqlar doʻstligi" saroyida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshma oʻquv-taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi / / Nukusda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi / / “Xavfsiz mahalla-xavfsiz mamlakat!” profilaktik tadbirlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi Universitetida kursantlar qasamyod qabul qildi / / Milliy gvardiya tizimida ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi//Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Milliy gvardiya va Huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda 

Ўз O'z Ру En

Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish hamda kriminogen vaziyatning barqarorligini taʼminlash borasida Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev rahbarligidagi idoralararo ishchi guruh joylarga chiqqan holda, barcha shahar-tumanlar hamda mahalla kesimida ishlarni jadallashtirish yuzasidan vazifalar qayta belgilab olindi

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining yig‘ilishlar zalida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev rahbarligidagi idoralararo ishchi guruhning aholi muammolarini hal etish va kriminogen vaziyatning barqarorligini taʼminlashga qaratilgan vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A.Orinbayev, Vazirlar kengashi raisi F.Ermanov, O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘rinbosari general-mayor B.Abdullayev hamda idoralararo ishchi guruh tarkibidagi mutasaddi rahbarlar, shuningdek, hududlardagi masʼul idora vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni kirish so‘zi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A.Orinbayev ochib berdi va davlatimiz rahbarining topshiriqlari mazmun mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga tahliliy baho berilib, idoralararo ishchi guruh tarkibiga aʼzo masʼul vazirliklarning mutasaddi rahbarlariga sohaga oid bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud muammolarni aniqlash va o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan bir qator vazifalar belgilab berildi.

Mazkur vazifalarni bajarish davomida idoralararo ishchi guruh tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar kiritildi va ular asosida yo‘l xaritasi ishlab chiqilib, tizimli ishlar amalga oshirilishi taʼkidlandi.

Shu bilan bir qatorda, ishchi guruh aʼzolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab aholi muammolarini hal etish va kriminogen vaziyatning barqarorligini taʼminlashda joylarga chiqqan holda, barcha shahar-tumanlar hamda mahalla kesimida ishlarni tashkil etishiga alohida urg‘u berildi.

Shundan so‘ng, idoralararo ishchi guruh tarkibidagi mutasaddi rahbarlarning yuqoridagi topshiriqlarga oid maʼruzalari va fikr-mulohazalari tinglandi.

Yig‘ilish yakunida Milliy gvardiya qo‘mondoni Idoralararo ishchi guruh tarkibiga kiritilgan barcha mutasaddilar davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalarni sifatli bajarishiga va Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi uchun munosib sharoitlar yaratishda orttirgan yuqori tajribasi va imkoniyatlaridan to‘la-to‘kis foydalanishiga ishonch bildirdi.

Text to speech