O‘ta muhim va toifalangan obyektlar xavfsizligi tizimini texnik ta’minlash: muammo va yechimlar
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universitetida “O‘ta muhim va toifalangan obyektlar xavfsizligi tizimini texnik ta’minlash: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi. Konferensiyada milliy ta’lim, ilmiy tashkilotlari bilan bir qatorda bir qancha dunyo miqyosidagi yetakchi kompaniyalarining vakillari va boshqa oliy harbiy ta’lim muassasalari va professor-o’qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, bulardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalar faoliyatini ta’minlash bazasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o‘quv markazi va О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan о‘quv markazi professor-o’qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, kursantlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Konferensiya yakunida Universitet “Qo‘riqlashni muhandislik-texnik ta’minlash” kafedrasi maxsus o‘quv sinflari va laboratoriya xonalarining zamonaviy muhandislik-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlanganligi va shu bilan bir qatorda Universitet Harbiy ilmiy jamiyati qoshida kafedraning malakali professor va o‘qituvchilari tarkibi boshchiligida mutaxassis kursantlari ratsionalizatorlik va ixtiro ishlarini namoyish etildi.