Toshkent shahrida Milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbir natijasida zargarlik do‘konidan o‘g‘irlangan 49 million so‘mlik tilla buyumlari o‘z egasiga qaytarildi.// “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi // Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi tungi reyd tadbirlari davom ettirilmoqda // “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida erta tongdan “Yangi Nafas – Ekiden” yugurish musobaqasi o‘tkazilmoqda. // Davlatimiz rahbarining ijtimoiy sohalar yo‘nalishida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosi  Milliy gvardiya qo‘mondoni nazorati ostida viloyatlar kesimidagi manzilli ishlar bilan davom ettirilmoqda. // Bugungi kunda Milliy gvardiya tizimida nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiylashuvini taʼminlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. // Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida navbatdagi tadbir tashkil etildi. // Milliy gvardiya Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasida oʻquvchi yoshlari ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. Tadbirning ikkinchi qismida umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinf oʻquvchilari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" boʻlib oʻtdi. // Oʻquvchilar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha Milliy gvardiya Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi boshligʻi kubogi uchun bahslar sektorlar kesimda bosqimcha-bosqich davom etmoqda. // Yosh gvardiyachilar harbiy-vatanparvarlik sinfi ochildi // Chinoz tumani Avg'on mahallasida joylashgan 26-sonli umumta'lim maktabida Milliy gvardiya tashabbusi bilan Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab bo'limi va ichki ishlar bo'limi hamkorligida "Yosh gvardiyachilar" sinfi tashkil etildi. // Ozarbayjon ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ichki qo‘shinlar qo‘mondoni general-leytenant Shahin Mamedovning O‘zbekistonga tashrif buyurdi // Togʻ bagʻrida dam oluvchilarning masʼuliyati // Oʻzbekiston chempionati musobaqasiga tayyorgarlik davom ettirilmoqda //Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlarida Milliy gvardiya, ichki ishlar hamda favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan fuqarolar xavfsizligi taʼminlanmoqda // Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan respublikamiz bo‘ylab tarbiyasi og‘ir va ko‘makka muxtoj yoshlar bilan, huquqni muxofaza qilish organlari hamda mahalla yettiligi hamkorligidagi manzilli ishlar amalga oshirilmoqda // Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun chaqirtirilgan yurtimiz o‘g‘lonlari "Vatanga qasamyod" qabul qilishdi. Shu munosabat bilan respublikamiz bo‘ylab barcha harbiy qism va bo‘linmalarda yosh askarlar va ularning yaqinlari ishtirokidagi tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi //  “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish tadbirlari jadallik bilan davom ettirilmoqda // Tashvish tugmasi orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra, Xorazm viloyati qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs, voqea joyida qo‘lga olindi // Namanganda harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari hamda keng jamoatchilik ishtirokida yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi // «Temurbeklar maktabi»: mardlik va vatanparvarlik maskani // Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / Toshkentda Open FC 35 aralash yakkakurashlar boʻyicha katta turnir boʻlib oʻtdi, unda Milliy gvardiya xodimi Azamat Nuftillayev chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi / / "qalqon" jamoat guruhi ("qalqon") oʻz faoliyatini boshladi / / milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida "Toʻmaris izdosh" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.) / / "Tarix mutaxassisi", "harbiy qoʻshiqning eng yaxshi ijrochisi"tanlovlarining respublika bosqichi yakunlandi, Harbiy xizmatchilar va Qurolli kuchlar xodimlari oʻrtasida" eng yaxshi yosh yozuvchi "va" eng yaxshi yosh shoir " / / "xalqlar doʻstligi" saroyida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshma oʻquv-taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi / / Nukusda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi / / “Xavfsiz mahalla-xavfsiz mamlakat!” profilaktik tadbirlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi Universitetida kursantlar qasamyod qabul qildi / / Milliy gvardiya tizimida ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi//Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Milliy gvardiya va Huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda 

Ўз O'z Ру En

Bola tabassumi – olam bezagi. Ayniqsa, “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”da yurtimiz ularning samimiy va beg‘ubor kulgusi bilan yana-da yasharib ketadi. Chunki hech bir o‘g‘il-qiz mehrdan, eʼtibordan chetda emas. Ushbu bayram arafasida Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyining eshiklari yopilib, ko‘pchilik yoshlarning mustaqil hayotga qadam qo‘yishi tantanali nishonlandi.

Xabaringiz bor, bugunga qadar respublikamizda 22 ta Mehribonlik muassasalarining faoliyati tugatilgan. 800 nafarga yaqin qora ko‘zlar bugun 140 ta Oilaviy bolalar uylarida to‘la-to‘kis kamolga yetmoqda. Shuningdek, Mehribonlik uylari bitiruvchilarining 211 nafari oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalarida tahsil olishmoqda. Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi doirasida Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi amalda izchillik bilan tadbiq etilyapti. Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi Mehribonlik uyining 30 nafar o‘g‘il-qizlari so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari ostida maktabni tugatib yangi hayotga qadam qo‘ymoqda.

Bituvchilar umumtaʼlim maktabida ustoz va tarbiyachilaridan bilim va ko‘nikmalarni egallashdi, endi yurtboshimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyat va sharoitlardan foydalangan holda, poytaxtimizdagi o‘rta-maxsus va oliy taʼlim muassasalarida o‘qishni davom ettirishadi. Ularning ko‘pchiligi harbiy taʼlim muassasalarini tanlagan. Bu esa ularda Vatanparvarlik tuyg‘ulari yuqori ekanligidan dalolat.

14-sonli Mehribonlik uyida bolalar soni keskin kamaygani hisobga olinib, muassasa optimallashtirilgan holda qolgan 30 dan ortiq tarbiyalanuvchilar Toshkent shahridagi 150 sig‘imga ega bo‘lgan 22-sonli Mehribonlik uyiga joylashtirildi. Shu bilan birga, 48 nafar ishchi – xizmatchilarning bandligini taʼminlash choralari ko‘rilgan. Ushbu bino esa kelgusida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rejasiga asosan Ilmiy-tadqiqot markazi sifatida foydalanishi ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyi ham tugatildi. Bu esa respublika bo‘ylab faoliyati tugatilgan yigirma uchinchi muassasa hisoblanadi.

-Biz 22-sonli Mehribonlik uyidagi tengdoshlarimiz bilan hamma tadbirlarda birga ishtirok etib, do‘stlashib olganmiz. Faqat bir-birimizdan uzoqda edik. Mana endi yanayam yaqin bo‘ldik va bundan judayam xursandmiz deydi 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 13 yoshli Ozodaxon.

-Albatta, endi birga maktabga boramiz, dars tayyorlaymiz, yaqinda oromgohga ketamiz deya xursandchiligini bildirdi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi 13 yoshli Robiya.

22-sonli Mehribonlik uyida bayram munosabati bilan madaniy tadbirlar o‘tkazildi, tarbiyalanuvchilardan xabar olinib, turli sovg‘alar ulashildi. Yoz mavsumida ularni so‘lim oromgohlar kutmoqda. Bolajonlar ushbu maskanlarda maroqli hordiq chiqaradilar, egallagan bilimlarini turli to‘garaklarda yana-da mustahkamlab qaytishadi.

Text to speech