“Yosh gvardiyachilar” harbiy sport musobaqasining Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat bosqichlari oʻtkazilmoqda. / /Muddatli harbiy xizmatchilar bilan o'q otish va maxsus tayyorgarlik mashgʻulotlari olib borilmoqda. / / Milliy gvardiya tizimida maʼnaviy – maʼrifiy ishlarni tashkil etishni yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan oʻquv seminari o’tkazildi. / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida uchuvchisiz uchish apparatlari mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha navbatdagi oʻquv yigʻini yakunlandi. / / Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtashga bel bogʻlagan yosh askarlar Vatanga qasamyod qilishdi. / / Milliy gvardiya faoliyatiga doir 2025 yil uchun belgilab olingan ustuvor vazifalar ijrosiga qaratilgan navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat yig‘ilishi o‘tkazildi. / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Kinologiya xizmati jamoasi “Oʻzbekiston сhempionati – 2025” koʻrgazmasida turli nominatsiyalar boʻyicha faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

Milliy gvardiya faoliyatiga doir 2025 yil uchun belgilab olingan ustuvor vazifalar ijrosiga qaratilgan navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat yig‘ilishi o‘tkazildi

Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev raisligida 2024/2025 o‘quv yilida jangovar shaylik, jangovar va maxsus tayyorgarlik hamda moddiy texnik taʼminot yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar, natijalar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustivor vazifalarga bag‘ishlangan navbatdagi  Hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Video-selektor tarzida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda Hayʼat aʼzolari, Markaziy devon, hududiy boshqarmalar boshliqlari, brigada komandirlari va ularning o‘rinbosarlari, bo‘lim, xizmat boshliqlari, taʼlim muassasalari rahbarlari hamda sohaga oid mutasaddilar ishtirok etishdi. 

Tadbirning kirish qismida Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan dunyo va mintaqamizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy va harbiy-siyosiy vaziyat to‘g‘risida fikr yuritilib, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida, joriy yil 21 fevral kuni Xavfsizlik kengashining davlat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida ham qator masalalar muxokama qilingani va ustivor vazifalar belgilab berilgani yodga olindi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha kuch tuzilmalari qatori Milliy gvardiya shaxsiy tarkibining jangovar shayligi, maxsus va jangovar tayyorgarligini yuqori darajada ushlab turish uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilayotganiga alohida urg‘u berildi.

Shundan so‘ng, kun tartibiga kiritilgan masalalar, xususan jangovar shaylik va rejalashtirish, jangovar va maxsus tayyorgarlik sohalari, moddiy-texnik taʼminot yo‘nalishlari hamda shaxsiy tarkibning intizom va tibbiy xizmat sohasiga oid amalga oshirilgan ishlar tahliliy va tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Mazkur yo‘nalishlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar keng muhokama qilinib, qo‘mondon o‘rinbosarlari hamda mutasaddi rahbarlarning axborotlari tinglandi. O‘z o‘rnida kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muddatlari belgilangan holda tegishliligi bo‘yicha masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni tadbir davomida, hududiy boshqarma boshliqlari, brigada komandirnlari va taʼlim muassasalari rahbarlarining ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan taklif va mulohazalarini tinglab, shaxsiy takib o‘rtasida metindek tartib intizomni o‘rnatish, harbiy xizmatchi va kursantlarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish, xizmat jarayonlarini tanqidiy tahlil qilishni kundalik meʼyorga aylantirish yuzasidan aniq vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, joriy yilda tizim oldida turgan muhim ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlar hamda Milliy gvardiya boshqaruv organi va bo‘linmalarning 2025/2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan asosiy tadbirlar rejasining amaliy ijrosi qatʼiy nazoratga olinishi bo‘yicha tegishliligi bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Text to speech