Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan hamkorlikdagi reyd tadbirlari natijasida mamlakatimiz hududiga noqonuniy tovarlarning olib kirilishiga chek qo‘yildi
Joriy yilning 2 avgust kuni, Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchilari, Farg‘ona viloyati IIB xodimlari, DXX harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda tezkor reyd tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbir davomida Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi 1998 y.t fuqaro V.R ga tegishli bo‘lgan “Tiko” rusumli avtomobil to‘xtatilganda, avtomobil salonida taxminiy qiymati 45 000.000 (qirq besh million) so‘mlik, aylanma yo‘llar orqali Qirg‘iziston Respublikasidan olib o‘tilgan, xech qanday hujjatlari bo‘lmagan, Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan 22 dona "smart TV" televizorlari borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari DXX tomonidan davom ettirilmoqda.