Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga oldi.
Joriy yilning 8 mart kuni soat taxminan 15:50 larda Shayxontohur tumani Chorsu bozori hududida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar tuman IIB tomonidan 21.01.2023 yilda jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan qidiruv eʼlon qilingan shaxsni yuzdan tanib oluvchi kamera orqali aniqlab, qo‘lga olishgan.
Dastlabki surishtiruv ishlari davomida fuqaro 1989 y.t fuqaro A.B ekanligi maʼlum bo‘lgan.
Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari Shayxontohur tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilmoqda.