O‘zbek tili bayrami bilan yurtdoshlarimizni tabriklaymiz! / / Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / Toshkentda Open FC 35 aralash yakkakurashlar boʻyicha katta turnir boʻlib oʻtdi, unda Milliy gvardiya xodimi Azamat Nuftillayev chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi / / "qalqon" jamoat guruhi ("qalqon") oʻz faoliyatini boshladi / / milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida "Toʻmaris izdosh" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.) / / "Tarix mutaxassisi", "harbiy qoʻshiqning eng yaxshi ijrochisi"tanlovlarining respublika bosqichi yakunlandi, Harbiy xizmatchilar va Qurolli kuchlar xodimlari oʻrtasida" eng yaxshi yosh yozuvchi "va" eng yaxshi yosh shoir " / / "xalqlar doʻstligi" saroyida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshma oʻquv-taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi / / Nukusda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi / / “Xavfsiz mahalla-xavfsiz mamlakat!” profilaktik tadbirlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi Universitetida kursantlar qasamyod qabul qildi / / Milliy gvardiya tizimida ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi//Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Milliy gvardiya va Huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda 

Ўз O'z Ру En

“Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

O‘quvchi yoshlarni Vatanga muhabbat, harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, Milliy gvardiya tizimlarida xizmat qilishga qiziqtirish va bosqichma-bosqich tayyorlab borish maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilib kelinayotgan “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Milliy gvardiya Toshkent Temurbeklar maktabida uch kun davomida bo‘lib o‘tgan mazkur musobaqada mamlakatimizning barcha viloyatidan bittadan va Sirdaryo viloyati Baxt shahrida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasidan bitta, jami 15 ta jamoa ishtirok etdi. 9-11 sinf o‘quvchilaridan shakllantirilgan jamoalar 10ta shart bo‘yicha o‘zaro raqobatlashdi. Ishtirokchilarni bir maqsad sari birlashtirgan ushbu harbiy-sport musobaqasining yakuniy natijalariga ko‘ra g‘oliblarni taqdirlash marosimi Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi Madaniyat saroyida tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev ishtirok etib, o‘quvchilarni mazkur tadbirda muvaffaqiyatli ishtirok etgani bilan tabrikladi va birinchi o‘rin g‘olibi bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidan tashrif buyurgan 18-maktab jamoasiga mukofotlarni topshirdi. Ularning har biri medal, diplom, kubok, qimmatbaho esdalik sovg‘alar va elektroskuter bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari bo‘lgan Navoiy shahar 1-maktab va Namangan viloyati Chortoq tumani 5-maktab jamoalariga hamda nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarga Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi mutasaddilari va Respublika harbiy prokurori tomonidan sovrinlar g‘oliblarga taqdim etildi. Bundan tashqari, yutuqqa erishgan har uchala maktab jamoasining murabbiylari Milliy gvardiya qo‘mondoni buyrug‘i bilan I-II-III darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbir so‘ngida Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli xushovoz xonandalarining kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlar eʼtiboriga havola etildi. Bo‘lib o‘tgan “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasi nafaqat bellashuvlari bilan, balki o‘quvchilar uchun har kuni tashkil etilgan turli ekskursiya va madaniy-ko‘ngilochar tadbirlari bilan ham ishtirokchilar yodida saqlanib qoladi.

Text to speech